Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

standartlarini
  tasdiqlash  yo‘li 
bilan hal qilish mumkin.  
 
Rossiya  Federatsiyasida  tuproqlarni  muhofaza 
qilish  sohasida  quyidagi 
standartlar
  ishlab 
chiqilgan:  namunalar  olish  uslublari  standarti;  tuproqning  fizikaviy  va 
kimyoviy  xususiyatlarini  aniqlash  uslublari  standarti;  eroziyalanishga 
qarshi  kurashish  majmualarini  loyihalashtirish  uslublari  standarti; 
nazorat  asbob  -  uskunalari  bo‘yicha  standart;  tuproqlarning  yuvilib 
ketish me’yorlari.
32
  
Xorijiy tajriba! 
 
Mamlakatimizdagi  ushbu  soha  olimlarining  xulosasiga  ko‘ra, 
tuproqdagi  pestitsidlar  qoldig‘i  bo‘yicha  yo‘l  qo‘yiladigan  to‘planish 
darajalarini  hamda  standartlarni  farqlab,  standartlar  faqat  nazorat  qilish 
uslublari uchun belgilanishi lozim deb hisoblaydilar
33
.  
Tuproqlarni eroziyalanishdan himoyalash sohasida standartlashtirish 
eroziyalanishga  xavfi  bo‘lgan  yerlardan  oqilona  foydalanish;  eroziya 
jarayonlarining  vujudga  kelishining  oldini  olish  tuproq  eroziyasining 
yanada  rivojlanishining  oldini  olish;  eroziyalangan  tuproqlarning 
hosildorligini  oshirish;  eroziyalangan  tuproqlarning  monitoringini  va 
ular  ustidan  nazoratni  muvofiqlashtirish;  eroziyalarga  qarshi  kurashish 
bo‘yicha loyihalarga talablar belgilash; eroziya jarayonlarining vujudga 
kelishi  va  rivojlanishiga  sabab  bo‘layotgan  tabiiy  va  xo‘jalik 
omillarining  yagona  ko‘rsatkichlar  tizimini  belgilash;  izlanish  va 
ma’lumotlar  aniqligini  olish  yagona  uslublarini  ishlab  chiqish;  yagona 
klassifikatsiiya, terminlar va kodlashtirish tizimini  yaratish masalalarini 
echishi lozim.  
 
Eroziyalanishning asosiy sabablaridan biri bo‘lib 
mol 
boqish 
natijasida 
yaylovlarning 
o‘simlik 
dunyosini  kamayishi  va  chorva  mollari  tomonidan  tuproq  tarkibini 
changlatish  natijasida  buzilishi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  yaylov 
tepaliklarida mol boqish me’yorlarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi.  
Muhim dalil! 
 
32
 Церелыгин В.М., Тонкопий Н.И., Григорьева Т.И. Гигиенические показатели санитарного состояния почв. 
Научные аспекты стандартизации в области охраны природы и рационального использования почв, земель, 
ландшафтов.  Научные  труды  научно-исследовательского  инсkogo  instituta  standartizatsii.  –  Moskva:  –  1996. 
25s. 
33
 Ванин Д.Е., Рожков А.Г., Вахиев Г.И. Защита почв от эрозии. Научные аспекты стандартизации в области 
охраны  природы  и  рационального  использования  почв,  земель,  ландшафтов.  Научные  труды  Всесоюзного 
научно-исследовательского института стандартизации. – Москва: - 1996. 21 б. 
 


143 
 
 
Ma’lumki,  inson  faoliyati  natijasida  hosil  bo‘lgan  texnogen 
ifloslanish  yoki  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  qo‘llaniladigan  kimyoviy 
moddalar  natijasida  tuproqda  bir  muncha  ko‘p  zararli  moddalar 
yig‘iladi.  Barcha  kimyoviy  moddalar  tuproqqa  tushganidan  so‘ng  unda 
to‘planadi,  ma’lum  bir  sharoitda  esa  migratsiya  qilib  yer  osti  suvlariga 
yoki o‘simliklar ichiga tushadi. Natijada inson salomatligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi,  uni  bartaraf  etish  maqsadida  esa  tuproqning  ifloslanish 
darajasi o‘rganiladi va sanitar-normativ hujjatlar ishlab chiqiladi.  
Umuman  olganda,  kimyoviy  moddalar  nafaqat  tuproqning 
hosildorligini  oshiradi,  balki  uni  zararkunandalar  va  kasalliklardan 
himoya  qiladi  hamda  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  va  ularning  sifatini 
saqlab  qolinishini  ta’minlaydi.  Bir  guruh  olimlarning  fikriga  ko‘ra, 
pestitsidlarga  belgilangan 
standartlar
dagi  talablar  qo‘yidagilarni  o‘z 
ichiga  oladi:  qishloq  xo‘jaligida  qo‘llash  imkoniyatini  yaratayotgan 
inson  va  hayvonlar  uchun  kam  toksikligi;  tashqi  muhitning  oddiy 
sharoitlarida  bir  vegetatsion  davrda  inson  va  hayvonlar  uchun  zararsiz 
moddalarga parchalanish xususiyatiga ega bo‘lishi;  qo‘llash, saqlash va 
tashish 
qulayligiga 
ega 
bo‘lishi;  qo‘llashda  yuqori  iqtisodiy 
samaradorlikka  ega  bo‘lishi
34
.  Misol  uchun,  qishloq  xo‘jaligida  faqat 
ruxsat  etilgan  kimyoviy  moddalarni  belgilangan  miqdorlarda  qo‘llash 
mumkin.  
Mutaxassislarning  fikricha  tuproqni  ifloslantiruvchi  va  inson 
salomatligiga  xavf  xavf  soluvchi  ifloslantiruvchi  moddalarni  uchta 
sinfga ajratish lozim.  

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish