4-bob. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining
asosiy tavsifi va elementlari
Ushbu bobda soliq va boshqa majburiy to’lovlar tizimi; soliq va
boshqa majburiy to’lovlarning o’ziga xos xususiyatlari; soliq va boshqa
majburiy to’lovlarning elementlari kabi masalalar yoritilgan.
4.1. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar tizimi
Soliq tizimi soliqqa oid qonunlar majmuasini bajarishga qaratilgan
tashkiliy-huquqiy
xususiyatlardagi
barcha
vositalar
va
usullar
yig’indisidan iboratdir. Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy
shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
yig’indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi.
23
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar,
bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish
tamoyillari, usullari, soliqnazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil
etadi.
Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq
qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga
ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im,
boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb
tushuniladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim
adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o’rinli. Qayd etilgan ta’rifda
soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni “majburiy xarakterga ega bo’lgan
munosabat” va ularning bir-biri bilan bog’liqligi va nihoyat budjetga
tushishligini ko’rsatadi.
24
O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq
majburiyati, soliq ishlarini yuritish tartibi, soliq nazorati va soliq haqidagi
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O’zbekiston
Respublikasi Ma’muriy javogarlik to’g’risidagi kodeks, O’zbekiston
24
Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik /Hammual.: A.Vahobov, A.Jo'raev. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009. –400 bet.
24
Soliq nazariyasi: O'quv qo'llanma / Mual.: A.Jo'raev,O. Meyliev, G'. Safarov.– T.: Toshkent Moliya instituti, 2004.
–166 b.
97
Respublikasi Jinoyat kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq
xizmati to’g’risida”gi Qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun
hujjatlari orqali tartibga solinadi. Agar O’zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan
yoki nazarda tutilgan bo’lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida
belgilangan shartlar amalda qo’llaniladi.
Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy
etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat
budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq
munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq
munosabatlarni tartibga soladi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari Soliq kodeksidan va boshqa
qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq
kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solish
masalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga
muvofiq bo’lishi kerak. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining
qoidalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, kodeks qoidalari qo’llaniladi.
Soliq solish masalalariga dahldor meyo’riy-huquqiy hujjat quyidagi
hollarda Soliq kodeksiga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
1) Soliq kodeksiga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga
ega bo’lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo’lsa yoki me’riy-
huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda
qabul qilingan bo’lsa;
2) Soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki
cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining kodeksda belgilangan
majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari,
ketma-ketligi yoki tartibini o’zgartirsa;
3) Soliq kodeksi bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l
qo’ysa;
4) Soliq kodeksida belgilangan tushunchalar mazmunini o’zgartirgan
yoki bu tushunchalar kodeksda qo’llanilganidan boshqacha ma’noda
qo’llanilgan bo’lsa.
Yuqorida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo’lgan
taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Soliq kodeksiga muvofiq emas deb topiladi. Soliq kodeksiga muvofiq
bo’lmagan me’yoriy-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning
yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur
o’zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar Soliq kodeksiga muvofiq
bo’lmagan me’yoriy-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur
98
o’zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilishi mumkin.
Soliq
tizimi
deganda,
davlat
budjetiga
to’lanadigan
soliqlarning turlari, ularni hisoblash va undirib olish mexanizmi
majmuasi tushuniladi.
Soliq mexanizmi vositasida davlatning soliq siyosati amalga
oshiriladi, soliq tizimining asosiy miqdor va sifat xususiyati shakllanadi.
Uning aniq ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy vazifani hal etishga qaratilgan
yo’nalishi shakllanadi. Soliq mexanizmida eng muhim rolni soliq
qonunchiligi
egallaydigan
bo’lsa,
uning
ichida
soliqqa
tortish
mexanizmining ahamiyati kattadir. Mamalakatimiz rahbari I.Karimov
ta’kidlaganlaridek, “Soliq tizimi ham bozor infrastrukturasining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Uni hali chinakamiga tashkil etishga to’g’ri keladi”.
25
Prezidentimizning bu fikrlari hali ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi
hududida quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.
Soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:
- yagona ijtimoiy to’lov;
- fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta
badallari;
- budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
2) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
25
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – Toshkent: O’zbekiston, 1998. – B.49.
99
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
2.1) budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar
kollejlari,
akademik
liseylar
va
tibbiyot
muassasalarini
rekonstruksiya
qilish,
mukammal
ta’mirlash
va
jihozlash
jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
3) davlat boji;
4) bojxona to’lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan
tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi mumkin:
- yagona soliq to’lovi;
- yagona yer solig’i;
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan
soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli
jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |