Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo'linadi: rejali soliq tekshiruvi;
rejadan tashqari soliq tekshiruvi; muqobil tekshiruv.
Soliq to'lovchi moliya-xo'jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi
(taftishi) — tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar
91
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan
tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o'tkaziladigan tekshiruvdir.
Soliq to'lovchi moliya-xo'jalik faoliyatining rejadan tashqari soliq
tekshiruvi (taftishi) quyidagi hollarda o'tkaziladigan tekshiruvdir: yuridik
shaxs tugatilayotganda; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi
tekshiruvlarni o'tkazish zarur bo'lganda; davlat soliq xizmati organiga soliq
to'g'risidagi qonun hujjatlari soliq to'lovchi tomonidan buzilganligi hollari
haqida qo'shimcha ma'lumotlar tushganda.
Muqobil tekshiruv — operatsiyalar birligi tufayli o'zaro bog'langan
va turli soliq to'lovchilarda bo'lgan hujjatlarni taqqoslashdan iborat
tekshiruvdir. Muqobil tekshiruv uchinchi shaxslarga nisbatan, agar soliq
tekshiruvlari o'tkazilayotganda davlat soliq xizmati organida mazkur
shaxslar bilan bog'liq bo'lgan, soliq to'lovchi o'tkazgan operatsiyalar soliq
bo'yicha hisobga olishda to'g'ri aks ettirilganligi haqida qo'shimcha
ma'lumot olish zaruriyati kelib chiqsa, o'tkaziladi. Qisqa muddatli
tekshiruvlar rejadan tashqari soliq tekshiruvi tarzida o'tkaziladi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va
soliq to'lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq
tekshiruvlarida soliq to'lovchining vakili ishtirok etishi, soliq
tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo'lmagan ekspert, tarjimon va
xolislar jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining
soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati subyektlari so'roviga ko'ra
mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi
mumkin.
Rejali soliq tekshiruvini o'tkazish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan,
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli
organ yoki uning tegishli hududiy bo'linmasi tomonidan berilgan
ko'chirma. Bunda ko'chirma uning asliga to'g'ri ekanligi ko'rsatilgan holda
tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim; tekshiruvlarni
amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati
organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar
tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan
buyrug'i.
92
Rejadan tashqari soliq tekshiruvini o'tkazish uchun quyidagilar asos
bo'ladi: nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus
vakolatli organning tekshiriladigan ob'ektning nomi, soliq to'lovchining
identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiriladigan davr
(taftish uchun), tekshiruv o'tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar
ko'rsatilgan tekshiruv o'tkazish to'g'risidagi qarori; davlat soliq xizmati
organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni o'tkazish
maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi,
tekshiriladigan davr ko'rsatilgan holdagi buyrug'i.
Muqobil tekshiruv o'tkazish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli
organning tekshiriladigan ob'ektning nomi, tekshiruv o'tkazish maqsadlari,
muddatlari, shuningdek o'zaro munosabatlarning tekshirilishi lozim
bo'lgan predmeti ko'rsatilgan holdagi muqobil tekshiruv o'tkazish
to'g'risidagi qarori; davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori
asosida chiqargan tekshiruvni o'tkazish maqsadlari, muddatlari va
tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko'rsatilgan holdagi buyrug'i.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari soliq tekshiruvidan
o'tkazish uchun quyidagilar asos bo'ladi: tugatuvchining yoki yuridik
shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning yuridik shaxs
tugatilishi to'g'risidagi yozma bildirishi; davlat soliq xizmati organining
tekshiruv maqsadlari, tekshiruv o'tkaziladigan muddatlar va tekshiruvchi
mansabdor shaxslar tarkibi ko'rsatilgan buyrug'i
.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari
tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun
qo'zg'atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo'ladi. Bunda tekshiruvga xo'jalik
yurituvchi subyektning faqat qo'zg'atilgan jinoyat ishi bilan bog'liq
faoliyati qamrab olinishi mumkin bo'lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash
to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
Soliq tekshiruvini o'tkazish muddati o'ttiz kalendar` kunidan
oshmasligi kerak. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori bilan
uzaytirilishi mumkin. So'nggi yillar mamlakatimizda amalga oshirilgan
islohotlar natijasida tekshiruv o’tkazish muddatlari va soliq tekshiruvlari
qisqardi. Jumladan, 2011 yil 13 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlari
faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi munosabati bilan O'zbekiston
respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar
93
kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonuniga ko'ra
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklari — kichik
tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan soliq tekshiruvining muddatini
uzaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek, soliq to'lovchilar moliya-
xo'jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda ko'pi
bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o'z vaqtida hamda
to'liq hajmda rioya etayotgan soliq to'lovchilar moliya-xo'jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko'pi bilan bir marta
amalga oshiriladi. Aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi
tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining
moliya-xo'jalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va
fermer xo'jaliklarining byudjet hamda markazlashtirilgan mablag'lar va
resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog'liq moliya-xo'jalik faoliyati
ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran dastlabki ikki yil
mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o'tkazilmaydi. Yangi tashkil
etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklarining moliya-
xo'jalik faoliyati ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran
dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o'tkazilmaydi.
2013 yil 7 oktyabrdagi “O'zbekiston respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun
hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”ga O'zbekiston
Respublikasining qonuniga ko'ra xususiy bank va boshqa xususiy moliya
institutlari
moliya-xo'jalik
faoliyatining
rejali
soliq
tekshiruvlari
(taftishlari) besh yilda ko'pi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik
korxonalar va fermer xo'jaliklari moliya-xo'jalik faoliyatining rejali soliq
tekshiruvlari (taftishlari) to'rt yilda ko'pi bilan bir marta, boshqa
tadbirkorlik
sub'ektlari
moliya-xo'jalik
faoliyatining
rejali
soliq
tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko'pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli tekshiruv o'tkazish muddati bir ish kunidan
oshmasligi kerak. Qisqa muddatli tekshiruv o'tkazish muddatini
uzaytirishga yo'l qo'yilmaydi.
2015 yil 20 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya
qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi
to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish
to'g'risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra esa
O’zbekiston Respublikasi Soliq kideksining 89-moddasiga soliq
tekshiruvini tayinlash to'g'risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan
94
to'xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o'tkazish muddatini hisoblash ham
to'xtatilishi to’g’risidagi qoida belgilab qo’yildi.
22
O’zbekiston Respublikasi Soliq kideksining 14-15-boblarida soliq
tekshiruvi va uni o’tkazish tartibi belgilangan bo’lib, yuqorida ko’rib
o’tganimizdek yildan yilga soliq tekshiruvlarini qisqartirish yuzasidan
ko’plab o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda. Bu mamalakatimizda
tadbirkorlik suyektlarini yanada rivoshlanishi uchun keng shart-sharoit
yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |