Ilovalar
262
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
280
7
KIRISH
Soliq huquqi darsligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013
yil 28 iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirih chora-tadbirlari to’g’risida”gi № PQ-1990 sonli qaroriga
asosan 2013 yil 31 dekabrda tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar
bo’yicha yangi avlod darliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlash kompleks
dasturi”ga muvofiq tayyorlangan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida soliq
huquqining roli tobora oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining
soliq tizimida mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, iqtisodiyotni
erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish vazifalaridan kelib chiquvchi
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda
soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim ustuvor
vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamalakatimiz rahbari o’z
ma’ruzalarida soliq to’lovchilarga soliqqa tortish tizizmida qo’shimcha
imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq
yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligini barqarorligini ta’minlash
hamda ushbu yo’nalishda ilg’or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan
foydalanish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.
1
Oxirgi yillarda mamalakatimizda amalga oshiriliyotgangan islohatlar
natijasida soliq qonunchilik hujjatlari takomillashib bormoqda. Har yilning
oxirida soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari qabul qilinishi
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga
kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarni, shuningdek soliq
ma’murchiligini soddalashtirishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun
javobgarlikni liberallashtirishga, soliq yukini kamaytirishga, soliq
tekshirishlarini yanada qisqartirish va uning tizizmini takomillashtirishga
qaratlgan chora-tadbirlar orqali tadbirkorlik subyektlariga keng shart-
sharoitlar yaratilmoqda.
2
1
“Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma
majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2005 yil 29 yanvar - № 20 (3565)
2
Qarang. “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni
rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 20-son, 251-modda.
“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya
qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qo’shimcha va
o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni. . O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami, 2015 y., 33-son, 439-modda.
8
Mazkur holatlar “Soliq huquqi” fanini o‘rganishning zaruratini
keltirib chiqaradi. Soliq huquqi me’yorlari mamlakatda ro‘y berayotgan
bozor iqtisodiyoti rivojlanishi hamda mulkchilikni turli shakllaridagi
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘zida aks
ettiradi. Ushbu me’yorlar davlat organlari, fuqarolar va tadbirkorlik
subyektlarining
soliq
sohasidagi
huquq
va
majburiyatlarini
mustahkamlaydi.
Soliq huquqi me’yorlarini bilish va ularni amaliyotga qo‘llay olish
yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashda qo‘yiladigan majburiy
talablardan biri sifatida belgilangan. Ushbu fandan oliy huquqshunoslik
ta’lim muassasalarida saboq berilishi nafaqat soliq qonunchiligining asosiy
xujjatlarini, balki huquqiy ta’lim tizimida mustaqil fan sifatida soliq
huquqining nazariy asoslarini ham o‘rganish muhimligini nazarda tutadi.
“Soliq huquqi” fanining o‘qitilishidan asosiy maqsad – talabalarda
soliq huquqining asosiy institutlari, soliq huquqiy munosabatlarining
mazmuni va tuzilishi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, soliq
huquqbuzarliklari
uchun
yuridik
javobgarlik,
xalqaro
soliq
munosabatlarining huquqiy asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo
bo‘lishi, shuningdek huquqiy tamoyillar asosida soliq islohotlarini amalga
oshirish zaruriyati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa
qonunlari doirasida huquqiy shakl va vositalarni qo‘llash, davlat va soliq
to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy
vosita sifatidagi soliqlarning yuridik mohiyatini tushunib olish, davlat
faoliyatining barcha jabhalarida islohotlarni amalga oshirish jarayonida
soliq huquqi nazariyasi va amaliyotiga ega bo‘lgan yuqori professional
darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
“Soliq huquqi” fani talabalarda qonunlarga rioya etish va ularni
hurmat qilish, shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish,
mulkchilik, davlat va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilish,
shuningdek ularga turli murakkab soliq munosabatlarini hal etuvchi yuqori
malakali huquqshunos bo‘lib yetishish imkoniyatini ta’minlash uchun
mo‘ljallangan.
Mazkur darslik soliq huquqining predmeti, usuli va vazifalari; davlat
iqtisodiyotini isloh qilishda soliqlarning tutgan o‘rni; soliq huquqining
asosiy institutlari mazmuni, soliq huquqiy munosabatlarining tuzilishi;
soliq nazorati va soliq majbutiyati; soliq va boshqa majburiy to‘lovlar
tizimi va ularning yuridik tavsifi; soliq solishning soddalashtirilgan tizimi;
alohida subyektlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari; soliq
9
huquqbuzarliklari uchun yuridik javobgarlikni qo‘llash tartibi; chet
mamlakatlar soliq tizimi kabi masalalarni yoritib berishni nazarda tutadi.
Ushbu darslik mutaxassislik bo‘yicha ta‘lim olayotgan talabalarga,
ta‘lim muassasasining ilmiy xodimlari, shuningdek soliq huquqiy
munosabatlari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallangan.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |