Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   256
 
 
 
Ilovalar 
262 
 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati 
280 
 



 
KIRISH 
 
Soliq  huquqi  darsligi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013 
yil  28  iyundagi  “Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada 
takomillashtirih  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  №  PQ-1990  sonli  qaroriga 
asosan 2013 yil 31 dekabrda tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar 
bo’yicha yangi avlod darliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlash kompleks 
dasturi”ga muvofiq tayyorlangan. 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlari  rivojlanishi  sharoitida  soliq 
huquqining  roli  tobora  oshib  bormoqda.  O‘zbekiston  Respublikasining 
soliq  tizimida  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etish,  iqtisodiyotni 
erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish vazifalaridan kelib chiquvchi 
o‘zgarishlar  yuz  bermoqda.  Yurtboshimiz  tomonidan  mamlakatimizda 
soliq  siyosatini  yanada  takomillashtirish  zarurligi  ham  muhim  ustuvor 
vazifalardan  biri  sifatida  e’tirof  etildi.  Mamalakatimiz  rahbari  o’z 
ma’ruzalarida  soliq  to’lovchilarga  soliqqa  tortish  tizizmida  qo’shimcha 
imtiyozlar  va  preferensiyalar  berish,  soliqlarni  unifikatsiya  qilish,  soliq 
yukini  yengillashtirish,  soliq  qonunchiligini  barqarorligini  ta’minlash 
hamda  ushbu  yo’nalishda  ilg’or  mamlakatlar  ijobiy  tajribalaridan 
foydalanish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.
1
  
Oxirgi yillarda mamalakatimizda amalga oshiriliyotgangan islohatlar 
natijasida soliq qonunchilik hujjatlari takomillashib bormoqda. Har yilning 
oxirida  soliq  va  budjet  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  qabul  qilinishi 
munosabati  bilan  O’zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksiga 
kiritilayotgan  o’zgartirish  va  qo’shimchalarni,  shuningdek  soliq 
ma’murchiligini  soddalashtirishga,  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  uchun 
javobgarlikni  liberallashtirishga,  soliq  yukini  kamaytirishga,  soliq 
tekshirishlarini  yanada  qisqartirish  va  uning  tizizmini  takomillashtirishga 
qaratlgan  chora-tadbirlar  orqali  tadbirkorlik  subyektlariga  keng  shart-
sharoitlar yaratilmoqda.
2
  
                                                           
1
 “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma 
majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2005 yil 29 yanvar - № 20 (3565) 
2
  Qarang.  “Xususiy  mulk,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash,  ularni 
rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 20-son, 251-modda.  
“O’zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  xususiy  mulkni,  tadbirkorlik  sub’ektlarini  ishonchli  himoya 
qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qo’shimcha va 
o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni. . O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to’plami, 2015 y., 33-son, 439-modda. 
 
 



 
Mazkur  holatlar  “Soliq  huquqi”  fanini  o‘rganishning  zaruratini 
keltirib  chiqaradi.  Soliq  huquqi  me’yorlari  mamlakatda  ro‘y  berayotgan 
bozor  iqtisodiyoti  rivojlanishi  hamda  mulkchilikni  turli  shakllaridagi 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  bilan  bog‘liq  o‘zgarishlarni  o‘zida  aks 
ettiradi.  Ushbu  me’yorlar  davlat  organlari,  fuqarolar  va  tadbirkorlik 
subyektlarining 
soliq 
sohasidagi 
huquq 
va 
majburiyatlarini 
mustahkamlaydi.  
Soliq  huquqi  me’yorlarini  bilish  va  ularni  amaliyotga  qo‘llay  olish 
yuqori  malakali  yuridik  kadrlarni  tayyorlashda  qo‘yiladigan  majburiy 
talablardan  biri  sifatida  belgilangan.  Ushbu  fandan  oliy  huquqshunoslik 
ta’lim muassasalarida saboq berilishi nafaqat soliq qonunchiligining asosiy 
xujjatlarini,  balki  huquqiy  ta’lim  tizimida  mustaqil  fan  sifatida  soliq 
huquqining nazariy asoslarini ham o‘rganish muhimligini nazarda tutadi.  
“Soliq  huquqi”  fanining  o‘qitilishidan  asosiy  maqsad  –  talabalarda 
soliq  huquqining  asosiy  institutlari,  soliq  huquqiy  munosabatlarining 
mazmuni  va  tuzilishi,  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  tizimi,  soliq 
huquqbuzarliklari 
uchun 
yuridik 
javobgarlik, 
xalqaro 
soliq 
munosabatlarining  huquqiy  asoslari  to‘g‘risidagi  tasavvurlarning  paydo 
bo‘lishi, shuningdek huquqiy tamoyillar asosida soliq islohotlarini amalga 
oshirish  zaruriyati,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  boshqa 
qonunlari  doirasida  huquqiy  shakl  va  vositalarni  qo‘llash,  davlat  va  soliq 
to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy 
vosita  sifatidagi  soliqlarning  yuridik  mohiyatini  tushunib  olish,  davlat 
faoliyatining  barcha  jabhalarida  islohotlarni  amalga  oshirish  jarayonida 
soliq  huquqi  nazariyasi  va  amaliyotiga  ega  bo‘lgan  yuqori  professional 
darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.  
 “Soliq  huquqi”  fani  talabalarda  qonunlarga  rioya  etish  va  ularni 
hurmat  qilish,  shaxslarning  huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qilish, 
mulkchilik, davlat va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilish, 
shuningdek ularga turli murakkab soliq munosabatlarini hal etuvchi yuqori 
malakali  huquqshunos  bo‘lib  yetishish  imkoniyatini  ta’minlash  uchun 
mo‘ljallangan.  
Mazkur darslik soliq huquqining predmeti, usuli va vazifalari; davlat 
iqtisodiyotini  isloh  qilishda  soliqlarning  tutgan  o‘rni;  soliq  huquqining 
asosiy  institutlari  mazmuni,  soliq  huquqiy  munosabatlarining  tuzilishi; 
soliq  nazorati  va  soliq  majbutiyati;  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 
tizimi va ularning yuridik tavsifi; soliq solishning soddalashtirilgan tizimi; 
alohida  subyektlarga  soliq  solishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari;  soliq 



 
huquqbuzarliklari  uchun  yuridik  javobgarlikni  qo‘llash  tartibi;  chet 
mamlakatlar soliq tizimi kabi masalalarni yoritib berishni nazarda tutadi. 
Ushbu  darslik  mutaxassislik  bo‘yicha  ta‘lim  olayotgan  talabalarga, 
ta‘lim  muassasasining  ilmiy  xodimlari,  shuningdek  soliq  huquqiy 
munosabatlari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallangan.   
 


10 
 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish