Budjetdan ajratiladigan subsidiya – davlat tomonidan muayyan
maqsadlar uchun budjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari.
Grant – davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el
hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet
el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda
beriladigan mol-mulk, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga hamda
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan mol-
mulk.
Do'stlaringiz bilan baham: |