3-bob Soliq nazoratini huquqiy jihatdan tartibga solish
Ushbu bobda soliq nazoratining o’ziga xos jihatlari, shakllari va
turlari, shuningdek soliq tekshiruvlarini o’ziga xos jihatlari, asoslari kabi
masalalar yoritilgan.
3.1. Soliq nazoratining o’ziga xos jihatlari
Soliq nazorati bu – soliq to’lovchilarning soliq qonunchiligiga
to’liq rioya etishi, soliqlar va budjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalarga to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq undirilishi, to’g’ri
hisoblanishi ustidan soliq organlari tomonidan olib boriladigan
nazoratdir.
Davlatning moliyaviy nazorati davlat moliya siyosatini amalga
oshirish, moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratish uchun
mo`ljallangandir. Hamma davlatlarda, ular qurilishining o`ziga xosligiga
qarab, moliya nazoratining o`z tizimi tarkib topgan. Shunga qaramasdan,
chet davlatlarda nazorat-taftish tarmog`ining tashkil etilishi va ish-faoliyati
u yoki bu jihatdan ko`p yillik xalqaro tajribada ifodalangan umumiy
prinsiplarga asoslanadi. Masalan, har qanday yirik dasturni amalga
oshirish albatta kichik nazorat tizimini o`z ichiga qamrab oladi. Bu
maqsadlarga, odatda, qandaydir muhim davlat dasturi uchun ajratilgan
mablag`lar umumiy hajmidan bir-ikki foiz ajratiladi.
Soliq nazorati davlat moliyaviy nazoratining bir turi bo’lib, soliq
to’lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq
obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq
to’lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq
obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushayotgan
tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga
oshiriladi.
So’nggi vaqtlarda respublikamiz hukumati tomonidan tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini nazorat qilish hamda moliyaviy jazolarni qo’llashni
erkinlashtirish borasida juda muhim qarorlar qabul qilinmoqda.
75
Masalan, 2011, 2012, 2013 va 2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
Soliq nazorati bobiga bir qator qo’shimcha o’zgartishilar kiritildi. Jumladan, soliq tekshiruvchining
muddatlari, davriyligi, tekshiruvni o’tkazishga doir qo’shimcha shartlarda tadbirkorlik subyektlariga
bir muncha engilliklar berildi. Jumladan, O’R SKning 90-moddasiga asosan soliq to’lovchilar
moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda ko’pi bilan bir marta,
belgilangan normalar va qoidalarga o’z vaqtida hamda to’liq hajmda rioya etayotgan soliq
to’lovchilar moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko’pi bilan bir
marta amalga oshiriladi. Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo’jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko’pi bilan bir marta, mikrofirmalar,
kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari
(taftishlari) to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari moliya-xo’jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko’pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik
korxonalar va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik
korxonalar va fermer xo’jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan
maqsadli foydalanish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan
paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o’tkazilmaydi.
Shuningdek, 2015 yil 20 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada
kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qo’shimcha
va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra Soliq
kodeksining bir necha moddalariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan. Jumladan Soliq
kodeksining 91-moddasiga asosan, soliq tekshiruvi soliq to’lovchining tekshiruv o’tkazilayotgan
yildan bevosita oldingi ko’pi bilan besh kalendar yildagi foliyatini qamrab oladi. Bunda tadbirkorlik
subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan
keyingi, lekin yangi tekshirishlar o’tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko’p
bo’lmagan davrni qamrab oladi.
Nazorat vositasida bajarilayotgan topshiriqning to’liqligi, o’z vaqtida
va samarali amalga oshirilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchliligi,
topshiriqni bajarish paytida mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari va
o’tkazilgan operatsiyalarning qonuniyligi aniqlanadi, faoliyatni yaxshilash
va ishda yo’l qo’yilgan huquqbuzarlik va kamchiliklarlarni bartaraf etish
uchun ichki rezervlar aniqlanadi, shuningdek qonunchilik hujjatlarni
buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qo’llaniladi. Soliq
amaliyoti davlat budjetiga soliqlarni o’z vaqtida tushishiga ta’sir
ko’rsatuvchi
ikki
asosiy
omilni
ko’rsatadi.
Birinchisi,
soliq
to’lovchilarning hisobvaraqlarida mablag’ning yo’qligi. Ikkinchisi esa
soliq to’lovchilar soliq to’lashdan bosh tortishidir.
Soliq nazorati bir qator tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi.
“Xo’jalik yuritiuvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish
to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan xo’jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning quyidagi
tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi: nazorat qiluvchi organlar
faoliyatida qonuniylik, holislik va oshkoralik; yuridik va jismoniy
76
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; xo’jalik
yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |