77
davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan
tushadigan pul mablag’lari davlat daromadiga o’z vaqtida va to’liq
tushishini nazorat qilish;
boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasini amalga
oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish
.
`
Bojxona organlari tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona
chegarasidan olib o’tilishi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha soliq nazoratini
o’z vakolatlari doirasida Soliq kodeksiga va bojxona to’g’risidagi qonun
hujjatlariga
muvofiq
amalga
oshiradi.
Soliq
nazorati
amalga
oshirilayotganda Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini
buzgan holda soliq to’lovchi to’g’risida axborot to’plash, saqlash, undan
foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo’l
qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan
soliq
to’lovchi to’g’risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq to’lovchini soliq
to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga
asos bo’la olmaydi.
boshqa majburiy to’lovlarni
undirish vazifasini amalga
oshiradigan davlat organlari
va
shkilotlar ustidan nazorat
qilish
soliq to’lovchilarni
hisobga olish
soliq solish
obyektlarini va soliq
solish bilan bog’liq
obyektlarni hisobga
olish
davlat daromadiga qaratilgan
mol-mulkni realizatsiya
qilishdan tushadigan pul
mablag’lari
davlat
daromadiga o’z
vaqtida va
to’liq tushishini nazorat qilish
budjetga va davlat
maqsadli
jamg’armalariga
tushayotgan
tushumlarni hisobga
olish
aksiz to’lanadigan ayrim
turdagi tovarlarni markalash,
shuningdek ayrim
korxonalarda
moliya
inspektori lavozimini joriy
etish
kameral nazorat
fiskal xotirali nazorat-kassa
mashinalarini qo’llash
soliq tekshiruvlari
naqd pul tushumlari
kelib tushishining
xronometraji
Soliq
nazorati
shakllari
78
Masalan, Soliq kodeksiga asosan soliq tekshiruvi davomida soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini
o’tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib
qo’yilishi mumkin. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish soliq to’lovchi ishtirokida amalga
oshiriladi
, h
ujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo’yish xolislar hamda soliq to’lovchi
ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo’yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga
hamda olib qo’yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko’rsatiladi. Lekin soliq inspektori
ushbu qoidani buzgan holda soliq to’lovchi va xolislar ishtirokisiz olib qo’yilgan xujjatlar soliq
to’lovchini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo’la
olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: