Toshkent davlat yuridik universiteti


Soliq  huquqiy  munosabatlarining  turlari



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   256
Soliq  huquqiy  munosabatlarining  turlari.  Soliq  solish  jarayonida 
vujudga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlar  turli-tuman  bo‘lib,  ularni  bir 
necha asoslarga ko‘ra tasniflash (guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin.  
 
 
 
Soliq 
huquqiy 
munosabatlarining 
vazifasi 
va 
funksional 
belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin:  
a)  tartibga  soluvchi  munosabatlar,  ya’ni  huquq  subyektlarining 
mo‘tadil  xulq-atvori,  huquqqa  muvofiq  xatti-harakatlarining  natijasida 
vujudga keladigan munosabatlar;  
b)  muhofaza  qiluvchi  munosabatlar,  ya’ni  huquqbuzarlikni  sodir 
etish  va  bu  uchun  davlatning  majburlov  choralarini  qo‘llash  zaruriyati 
asosida vujudga keladigan munosabatlar.  
 
Soliq  huquqi  munosabatlarini  shartli  ravishda  quyidagilarga  bo‘lish 
ham mumkin:  
a)  vertikal  soliq  huquqiy  munosabatlari  –  soliq  huquqi  tartibga 
solishning mohiyatini ifoda etib, boshqaruv subyekti va obyekti o‘rtasidagi 


52 
 
subordinatsiyaviy 
aloqalarni 
anglatadi. 
Vertikal 
soliq 
huquqi 
munosabatlari  aynan  hokimiyat  munosabatlaridir.  Mazkur  munosabatlar 
bo‘ysunuv  mavjud  bo‘lgan  tomonlar  o‘rtasida  vujudga  keladi  hamda 
fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farq qilgan holda, ularda tomonlarning 
tengligi  mavjud  emas.  Vertikallik  deganda  –  bir  tomonda  yuridik-
hokimiyat  vakolatlari  mavjudligini,  ikkinchi  tomonda  esa  bunday 
vakolatlarning  mavjud  emasligini  yoki  vakolat  doirasi  torroq  ekanligi 
tushunish lozim.  
Soliq  solish  sohasida  soliq  huquqi  munosabatlarining  vertikalligini 
anglatuvchi quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 

vertikal  munosabatlarning  asosiy  ko‘rsatkichi  hisoblangan  – 
“tomonlar  tengsizligi”ning  mavjudligi;  boshqaruv  subyektida  yuridik-
hokimiyat vakolatlarining mavjudligi; 

tomonlarning  tengsizligi  bir  tomoning  ikkinchi  tomonga 
bo‘ysinishi, ya’ni “hokimiyat - bo‘ysinuv”ga asoslanishi; 

soliq huquqi munosabatlarida bo‘ysunuv hamma vaqt ham aniq 
namoyon bo‘lmaydi; 

vertikal  xususiyatdagi  aksariyat  soliq  huquqi  munosabatlari 
bo‘ysinuv  mavjud  bo‘lmagan  tomonlar  o‘rtasida  ham  vujudga  kelishi 
mumkin.  Lekin  bu  holda  ham,  bir  tomon  o‘z  vakolati  doirasida  o‘ziga 
bo‘ysunmagan  ikkinchi  tomon  uchun  majburiy  bo‘lgan  huquqiy  aktni 
qabul qilishi mumkin;  

soliq  solish  sohasida  kontrol-nazorat  faoliyati  keng  doirada 
amalga  oshirilib,  uning  subyektlari  sifatida  davlat  organlari  (mansabdor 
shaxslar)ning o‘zi namoyon bo‘ladi.  
Demak,  vertikal  soliq  huquqi  munosabatlari  turli  ko‘rinishlarga  ega 
bo‘lib,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  boshqaruv  ta’sirini  amalga  oshirish  hamda  bir 
tomon  yuridik-hokimiyat  irodasining  ustunligi  bilan  ifodalanadi.  (
Masalan, 
soliq xizmati organi bilan soliq to‘lovchi o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar).  
b)  Gorizontal  soliq  huquqi  munosabatlarida  bir  tomonning  ikkinchi 
tomonga  nisbatan  yuridik-hokimiyat  irodasining  ustunligi  mavjud  emas. 
Ma’lum  bir  ma’noda,  gorizontal  soliq  huquqi  munosabatlarida  tomonlar 
teng  hisoblanadi.  Gorizontal  soliq  huquqi  munosabatlari  vertikal  soliq 
huquqi  munosabatlari  singari  ko‘p  tarqalgan  emas.  Chunki  ular  qaysidir 
ma’noda soliq huquqi tartibga solish doirasidan chetga qolgan. Lekin soliq 
solish sohasida bunday munosabatlarning vujudga kelishi mumkin.  
Bu  birinchidan,  tomonlar  o‘rtasida  bo‘ysunuvning  mavjud  emasligi, 
tomonlarning  bir  xildagi  huquqiy  darajaga  ega  ekanligi,  yuridik 
tenglikning  formal  emas,  balki  haqiqatda  mavjud  bo‘lishi;ikkinchidan, 


53 
 
boshqaruv  munosabatlarida  bu  ikkala  xususiyat  (bo‘ysunuvning  mavjud 
emasligi  va  yuridik  tenglik)ning  bir  vaqtda  mavjud  bo‘lishi;uchinchidan, 
bir  tomonning  ikkinchi  tomonga  qaratilgan  yuridik-hokimiyat  irodasining 
bo‘lmasligi.  
 
Masalan,  Davlat  soliq  qo‘mitasi  va  Moliya  vazirligi  o‘rtasida  yuzaga  keladigan 
munosabatlar, ya’ni soliqlarni yg‘ib olish yuzasidan ma’lum bir ko‘rsatma, nizom va boshqa qonun 
osti hujjtalarini birga qabul qilishi.  
 
 
Ko‘pgina  yuridik  adabiyotlarda  huquqiy  munosabatlarning  moddiy 
va protsessual turlarga bo‘linishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.  
Moddiy  huquqiy  munosabatlar  –  bu  moddiy  soliq  huquqi  normalari 
asosida  vujudga  keladigan  hamda  huquq  subyektlari  tomonidan  huquq va 
majburiyatlarning 
amalga 
oshirilishi 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
munosabatlardir.  
Protsessual  huquqiy  munosabatlar  –  davlat-hokimiyat  xususiyatiga 
ega  bo‘lib,  huquqiy  munosabat  subyektlarining  protsessual  huquqlari  va 
majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladi.  


54 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish