Toshkent davlat yuridik universiteti


Soliq  huquqiy  munosabatlarining  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  va



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   256
Soliq  huquqiy  munosabatlarining  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  va 
bekor bo‘lish asoslari:  
Harakatlar  –  bu  huquq  subyektlari  tomonidan  o‘z  xohish-irodalarini 
ifodalashning natijasidir.  
Aksariyat  soliq  huquqi  munosabatlari  harakatlardan  vujudga  kelib, 
ular  subyektning  faol  xulq-atvori  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Harakatlar  ikkiga 
bo‘linadi:  
a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt soliq huquqi normalari talabiga 
mos  keladi.  Bunda  yuridik  fakt  sifatida  munosabat  ishtirokchilarining 
qonunga muvofiq harakati namoyon bo‘ladi.  
Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega:  
- davlat organlarining huquqiy aktlari. Huquqiy aktlar normativ yoki 
yakka (individul, ma’muriy) aktlarga bo‘linadi. Huquqiy aktlarda qonunga 
muvofiq  harakatlar  muayyan  huquqiy  oqibatlarni  vujudga  keltirishini 
nazarda  tutib  sodir  etiladi.  Bunday  harakatlarda  –  huquq  va 
majburiyatlarning  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  va  bekor  bo‘lishiga 
qaratilgan iroda ifodalanadi.  
 
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksi,  “Soliq  maslahati  to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni  asosida  soliq  maslahati  sohasidagi  munosabatlar  yuzaga 
keladi.  Jumladan,  soliq  maslahatchilari  tashkilotining  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  mijozga   
shartnoma  asosida  soliq  maslahati  bo'yicha  xizmatlar  ko'rsatish  borasidagi  munosabatlari. 
“O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat 
budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida mazkur 
yil uchun tasdiqlangan stavkalar asosida soliq va boshqa majburiy to’lovlar undirib olish yuzasidan 
munosabatlar yuzaga keladi. 


50 
 
 
 
- yuridik xatti-harakatlar

 
Masalan, soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i  yoki suv resurslaridan 
foydalanganlik  uchun  soliq  (jismoniy  shaxslar  uchun  esa  mol-mulk  solig‘i  ham)  to‘lash  bo‘yicha 
soliq majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida vujudga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq 
solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi;  
 
b) qonunga xilof harakatlar – soliq huquqi normalari talablariga mos 
kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir.  
 
Masalan,soliq sohasida sodir etiladigan huquqbuzaliklari yoki jinoyatdir. Jumladan, soliqlar 
va  boshqa  to‘lovlar  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash;  soliq  solinadigan  obyektlarning  hisobini  olib 
bormaslik  yoki  kassa  operatsiyalarini  yuritish  tartibini,  shuningdek  to‘lov  intizomini  buzish; 
buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  yuritish  tartibni  buzish;  soliq  to‘lovchilarning  identifikatsiya 
raqamlarini  qo‘llanish  tartibini  buzish.  Shaxsning  harakatsizligi  ham  aynan  mana  shu  guruhga 
kiradi.  
 
Soliq huquqi munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor 
bo‘lishiga  asos  bo‘ladigan  ikkinchi  yuridik  fakt  –  bu  hodisalardir. 
Hodisalar  odamlarning  xohish-irodasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  sodir 
bo‘ladigan faktlardir.  
 
Masalan,  insonning  tug‘ilishi  bilan  biron  bir  mol-mulkka  egalik  qilish  huquqini  o‘tishi, 
ma’lum  bir  yoshga  yetganda  daromad  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  bilan  soliq  to‘lash 
majburiyatini  yuzaga  kelishi,  shuningdek  insonning  o‘lishi  bilan  uni  soliq  to‘lash  majburiyatini 
tugatilishi yoki bohqa shaxsga o‘tishi kabilar bo‘lishi mumkin. 


51 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish