Sof foyda – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan
keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda.
Stavka – soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan
hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar
ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning,
mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi.
Tovar oboroti – muayyan davr ichida savdo faoliyatini amalga
oshirish chog‘ida tovarlarni sotishdan olingan (olinishi lozim bo‘lgan),
pulda ifodalangan mablag‘lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |