Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va
jismoniy shaxslarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari. Yuridik
va jismoniy shaxslar konsert-tomosha faoliyatini qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
225
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun
litsenziya oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka
bo’yicha davlat boji to’laydi.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat
boji to’lovchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha Soliq
kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan ozod
etiladi faqat litsenziya olganlik uchun davlat boji to’laydilar. Yuridik
shaxslar, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar zimmasida
bojxona
to’lovlari,
yagona
ijtimoiy
to’lov,
davlat
maqsadli
jamg’armalariga majburiy ajratmalar, avtotransport vositalarini olganlik va
(yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga
yig’im, to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarlarni to’lash majburiyati saqlanib qoladi.
Yuridik shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan
bog’liq bo’lmagan faoliyat turlari bilan shug’ullanganlarida soliq to’lovchi
faoliyatning mazkur turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda
Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni
to’lashi shart. Boshqa faoliyat turlari bo’yicha soliq solish tartibini tanlash
huquqi saqlanib qoladigan mikrofirmalar va kichik korxonalar
korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha
Yagona soliq to’lovini yoki umumbelgilangan soliqlarni to’lashi mumkin.
Yuridik shaxslar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan
bog’liq bo’lmagan faoliyat turlari bilan shug’ullangan taqdirda, davlat boji
Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda to’lanadi.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat
boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy
belgilangan soliq to’lashdan ozod etiladi. Jismoniy shaxslar zimmasida
bojxona to’lovlari, avtotransport vositalarini olganlik va (yoki)
vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga
yig’imlarni to’lash majburiyati saqlanib qoladi.Agar gastrol-konsert
faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy
shaxslar soliq solinadigan mol-mulk va (yoki) yer uchastkasiga ega
bo’lsalar, Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan soliq va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig’ini to’lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar
majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar
uchun nazarda tutilgan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
sug’urta badallari to’laydi.
226
Do'stlaringiz bilan baham: |