Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   256
 
 
 
 
 
 


228 
 
9-bob. Soliq huquqbuzarligi uchun  
javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari 
 
Ushbu  bobda  soliq  huquqbuzarligi  tushunchasi  va  o’ziga  xos 
xususiyatalari; 
soliq 
qonunchiligi 
bo’yicha 
javobgarlik; 
Soliq 
qonunchiligini 
buzganlik 
uchun 
ma’muriy 
javobgarlik; 
Soliq 
qonunchiligini  buzganlik  uchun  jinoiy  javobgarlik  kabi  masalalar 
yoritilgan.  
 
9.1. Soliq huquqbuzarligi tushunchasi va o’ziga xos xususiyatalari  
 
 
O’zbekiston  Respublikasining  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga 
o’tishi, tadbirkorlikka  keng  yo’l  ochib  berilishi  bilan  iqtisodiyot  sohasida 
yangi  ko’rinishdagi  qonun  buzilishlarining  sodir  etilishiga  ham  sabab 
bo’ldi.  Bu,  birinchi  navbatda,  davlat  va  mahalliy  pul  jamg’armalarini 
(budjet  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalarni)  shakllantirishning  asosiy 
manbasi  hisoblangan  –  soliq  solish  tizimi  bilan  bevosita  bog’liq  qonun 
buzilishlarini, uning turli ko’rinishlarini keltirib chiqardi.  
Huquq  nazariyasida  umume’tirof  etilgan  qoidadan  kelib  chiqadigan 
bo’lsak,  har  qanday  yuridik  javobgarlikning  asosida  davlat  majburlov 
choralari  bilan  himoya  qilinadigan  va  ta’minlanadigan,  huquqiy 
normalarning talablarini buzishga qaratilgan huquqqa xilof qilmish yotadi. 


229 
 
Soliq qonunchiligini buzish ham huquqqa xilof qilmishning alohida bir turi 
sifatida namoyon bo’ladi.
35
  
Javobgarlik  asosida  qanday  soliq  qonunchiligi  buzilishi  turganligiga 
qarab,  bu  huquqqa  xilof  qilmishni  moliyaviy,  ma’muriy  va  jinoiy 
javobgarlik  asoslari  sifatida  ko’rib  chiqish  mumkin.  Shu  sababli,  soliq 
qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning asosini aniqlash - 
soliq  solish  sohasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  samarali  tartibga  solishda 
katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.  
Soliqlar va yig’imlar haqidagi qonun hujjatlarini buzish hamda uning 
xavfli  shakllaridan  biri  bo’lgan  soliq  jinoyatlarini  sodir  etish  davlatning 
iqtisodiy xavfsizligiga zarar yetkazadi. Bunday xatti-harakatlar soliq solish 
tizimiga,  davlat  daromadlarini  shakllantirish  mexanizmiga  o’z  ta’sirini 
ko’rsatadi.  Chunki  har  bir  davlatning  soliq  solish  sohasiga  uning 
ximoyalanganligi  yoki  xavfsizlik  darajasi  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Soliq 
xavfsizligi  -  soliq  tizimining  holatini  belgilab,  soliqlar  va  yig’imlarni 
undirish  orqali  davlat  va  mahalliy  tuzilmalarni  to’liq  va  to’xtovsiz 
moliyalashtirishni ta’minlaydi.  
Soliq  qonunchiligini  buzishning  asosiy  ko’rinishlaridan  biri  –  bu 
soliq  huquqbuzarligi  (O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  bo’yicha 
esa soliqqa oid huquqbuzarlik) hisoblanadi.  
Soliq  huqubuzarligi  barcha  huquqbuzarliklar  singari,  birinchi 
navbatda – qilmish, ya’ni harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Harakat 
shaxsning  faol  xulq-atvori,  harakatsizlik  esa  shaxsga  yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarmaganlikda ifodalanuvchi passiv xulq-atvoridir.  
Soliq huquqbuzarligini sodir etishga qaratilgan qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik)  -  qonunga  xilof  hisoblanadi.  Soliq  huquqbuzarligini  sodir 
etish  bilan  soliq  qonunchiligi  normalarining  talablari  buziladi.  Agar 
qilmish 
qonun 
hujjatlari 
talabalarini 
buzmasa, 
huquqbuzarlik 
hisoblanmaydi.  
Soliq  huquqbuzarligi  –  bu  aybli  qilmishdir.  Soliq  huquqbuzarligini 
sodir  etishga  qaratilgan  qilmishda  aybning  mavjud  bo’lishi,  ya’ni  soliq 
huquqbuzarligi qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgan bo’lishi lozim. 
Agar 
qilmishda 
ayb 
shakli 
mavjud 
bo’lmasa,  huquqbuzarlik 
hisoblanmaydi.  
 
                                                           
35
 E.Xojiyev. “Soliq huquqi” fanidan o'quv-uslubiy majmua. – T., 2012. 
Soliq  to’lovchining  Soliq  kodeksida  javobgarlik  belgilangan 
g’ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid 
huquqbuzarlik, deb e’tirof etiladi.  


230 
 
Sodir  etilgan  qilmish  bilan  zararli  oqibat  o’rtasida  uzviy  bog’liqlik 
bo’lishi  lozim.  Zararli  oqibat  aynan  qonun  hujjatida  nazarda  tutilgan 
qilmish  natijasida  yuzaga  kelgan  bo’lishi  kerak.  Agar  bunday  bog’liqlik 
bo’lmasa, qilmish – huquqbuzarlik hisoblanmaydi.  
Soliq huquqbuzarligini sodir etishga qaratilgan qilmish uchun qonun 
hujjatlarida  javobgarlik  nazarda  tutilgan  bo’lishi  kerak.  Agar  qonun 
hujjatida  javobgarlik  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  bunday  qilmish 
huquqbuzarlik hisoblanmaydi.  
Huquqbuzarlik  sodir  etilganligini  aniqlashda,  uning  yuridik 
xususiyatlari  bilan  bir  qatorda  yuridik  tarkibining  mavjud  bo’lishi  ham 
lozim.  Tarkib  deganda  –  huquq  bilan  o’rnatilgan  va  qilmishni 
huquqbuzarlik  sifatida  tasniflash  mumkin  bo’lgan  xususiyatlar  yig’indisi 
tushuniladi.  
Har  qanday  huquqbuzarlik  o’zining  tarkibiga  ega  bo’lib, 
huquqbuzarlik  obyekti,  obyektiv  tomoni,  subyekti  va  subyektiv  tomoni 
kabi elementlarni o’zida birlashtiradi.  
Soliq  huquqbuzarligi  obyekti  bo’lib  –  soliq  qonun  hujjatlari  bilan 
qo’riqlanadigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.  
Soliq  huquqbuzarligining  obyektiv  tomoni  –  huquqqa  xilof 
qilmishning tashqi  ko’rinishidir. “Qilmish”ning yuridik  mazmuni - huquq 
normalari  bilan  o’rnatilgan  talabning  buzilishiga  olib  keladigan  harakat 
yoki  harakatsizlikdan  iborat.  Harakat  –  huquqbuzar  xulq-atvorining  faol 
shakli  bo’lib,  huquqiy  taqiqlar  (ya’ni,  daromadlarni  yashirish  yoki 
kamaytirib  ko’rsatish,  buxgalterlik  hisobotlariga  noaniq  ma’lumotlarni 
kiritganlik  va  boshqalar)  bilan  bevosita  bog’liq  bo’ladi.  Harakatsizlik  – 
huquqbuzar hulq-atvorining passiv shakli bo’lib, bajarilishi lozim bo’lgan 
majburiyatning  bajarilmaganligida  (masalan,  soliqlarni  hisoblab  chiqarish 
uchun  zarur  bo’lgan  deklaratsiyani,  hisob-kitob  va  hisobotlarni  taqdim 
etmaganlikda)  ifodalanadi.  Soliq  huquqbuzarligi  obyektiv  tomonining 
xususiyatlari  bo’lib,  nafaqat  huquqqa  xilof  qilmish  (harakat  yoki 
harakatsizlik),  balki  uning  oqibati  hamda  oqibat  bilan  qilmish  o’rtasidagi 
sababiy bog’lanish ham hisoblanadi.  
Huquqbuzarlik subyekti – bu huquqbuzarlikni bevosita sodir etgan va 
javobgarlikka tortilishi lozim bo’lgan shaxsdir.  
Huquqbuzarlikning  subyektiv  tomoni  –  huquqqa  xilof  qilmishning 
ichki  tomonini  ifodalovchi  xususiyatlar  yig’indisidan  iborat  bo’lib, 
huquqbuzarning  sodir  etilgan  qilmish  va uning  oqibatlariga  bo’lgan  ruhiy 
munosabati  bilan  tavsiflanadi.  Boshqacha  aytganda,  huquqbuzarlik 
subyektiv tomonini ayb shakllari tashkil etadi.  


231 
 
Har  qanday  soliq  huquqbuzarligi  ikki  shaklda:  qasddan  yoki 
ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.  
Soliq huquqbuzarligini qasddan sodir etish quyidagi elementlar bilan 
ifodalanadi:  xatti-harakatning  qonunga  xilof  ekanligini  bilishi;  qonunga 
xilof  xatti-harakatdan  zararli  oqibatlar  kelib  chiqishiga  ko’zi  yetishi; 
bunday  oqibatlarning  kelib  chiqishini  istashi;  yoki  ongli  ravishda  yo’l 
qo’yishi.  
Soliq  huquqbuzarligini  ehtiyotsizlik  orqasida  sodir  etish  deganda  - 
soliq  huquqbuzarligini  sodir  etgan  shaxs  o’z  xatti-harakatining  qonunga 
xilof  ekanligi  va  zararli  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini  oldindan 
ko’ra bilgan bo’lsa ham, lekin ularning oldini olish mumkin deb o’ylagan 
bo’lsa, yoxud  bunday  oqibatlarning  kelib  chiqishi  mumkinligini  oldindan 
ko’rishi  lozim  va  mumkin  bo’lgani  holda  oldindan  ko’ra  bilmaganligi 
tushuniladi.  
 
Uyqorida  ta’kidlaganimizdek,  so’nggi  yillarda  nafaqat  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  uchun 
javobgarlik  choralari  liberallashdi,  balki  tadbirkorlik  subyektlarini  qo’llab-quvvatlash,  ular 
faoliyatiga  asossiz  ravishda  aralashishlarni  oldini  olish  borasida  ham  bir  qator  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Jumladan,  “O'zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  xususiy 
mulkni,  tadbirkorlik  subyektlarini  ishonchli  himoya  qilishni  yanada  kuchaytirishga,  ularni  jadal 
rivojlantirish  yo'lidagi  to'siqlarni  bartaraf  etishga  qaratilgan  o'zgartish  va  qo'shimchalar  kiritish 
to'g'risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Jinoyat 
kodeksiga “Tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog'liq 
jinoyatlar  hamda  xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  tajovuz 
qiladigan  boshqa  jinoyatlar”  bobi  hamda  O’zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik 
to’g’risidagi  kodeksiga  “Tadbirkorlik  faoliyatiga  to'sqinlik  qilganlik,  qonunga  xilof  ravishda 
aralashganlik hamda xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz 
qiladigan  boshqa  huquqbuzarliklar  uchun  ma'muriy  javobgarlik”  boblari  kiritildi.  Unga  ko’ra 
xususiy  mulk  huquqini  buzganlik;  tadbirkorlik  subyektlarining  faoliyatini  tekshirish  va  moliya-
xo'jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzganlik; litsenziyalash to'g'risidagi qonun hujjatlarini va 
ruxsat  berish  tartib-taomillari  to'g'risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  hamda  imtiyozlar  va 
preferentsiyalarni qo'llashni g'ayriqonuniy ravishda rad etish, qo'llamaslik yoki qo'llashga to'sqinlik 
qilganlik    va  boshqa  huquqbuzarlik  va  jinoyatlar  uchun  Nazorat  qiluvchi,  huquqni  muhofaza 
qiluvchi  hamda  boshqa  davlat  organining  va  davlat  tashkilotining  mansabdor  shaxsi  yoki 
xizmatchisiga nisbatan javobgarlik choralari belgilandi.
36
   
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish