Boshqa tushumlar. Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
bozorlarning hududida joylashgan va ularning tasarrufida
bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan
tushumlar;
sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko’rsatishdan
olingan daromadlar;
bozor ma’muriyati (yoki uning savdo-xarid korxonalari)
tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo’jaligi tovarlarini tayyorlash,
xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari
uchun);
qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa tushumlar.
224
Ijara to’lovining va bozor ma’muriyati ko’rsatadigan xizmatlar
qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.