Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Masalaga e’tibor bering! 
Ma’lumki
qadimdan, xarid paytida savdo 
mukammal bo‘lishi uchun, uchta tomon 
ishtirok 
etishi 
kerak. 
1) oluvchi 
(xaridor) 
taraf, 
2) sotuvchi 
(tayyorlovchi) taraf va 3) xolis taraf sotilayotgan buyum yoki 
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga kafolat beradigan shaxs. Savdoning 
bu turi asosan katta miqdordagi yoki qimmatbaho xarid paytida 
qo‘llanilgan bo‘lib, buni hozir ham qoramol, qo‘y va ot savdosida 
uchratishimiz mumkin. Xorijiy olimlar muvofiqlik sertifikati eramizdan 
oldin IV asrda joriy qilinganligini ta’kidlagan.


98 
jarayonlar uchun qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar 
to‘g‘risida”gi 
Qonunida 
xavfli 
chiqindilar 
to‘g‘risidagi 
Bazel 
Konvensiyaga muvofiq, xavfli chiqindilarni O‘zbekiston hududiga olib 
kirish, O‘zbekiston hududida tashish ekologik sertifikatsiz man etilishi 
mustahkamlab qo‘yilgan. Ekologik sertifikatlashtirishning tartibi Vazirlar 
Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarori bilan belgilangan.
Ekologik sertifikatlashtirishning obyekti ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar, bajarilayotgan xizmatlar (ishlar), ishlab chiqarish jarayonlari, 
chiqindilar, subyektlari esa ekologik sertifikatlashtirish davlat organlari, 
ekoanalitik laboratoriyalar, ekologik sertifikatlashtirish obyektlariga ega 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ekologik sertifikatlashtirish quyidagi 
turlarga
bo‘linadi: 

obyekti bo‘yicha: mahsulotlar, bajarilayotgan xizmatlar (ishlar), 
ishlab chiqarish jarayonlari, chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishga; 

majburiyligi 
bo‘yicha: majburiy va ixtiyoriy ekologik 
sertifikatlashtirish.
Ekologik sertifikatlashtirish obyektlarining har bir jarayoni o‘zgacha 
xususiyatlarga ega. Misol uchun, chiqindilar sertifikatlashtirilganda 
ularning ma’lum bir standartlarga mosligi tekshirilmay, balki ularning 
toksik va boshqa zararli xususiyatlari har bir holatda aniqlanadi va tabiatga 
zararli 
ta’sir 
ko‘rsatish 
darajasi 
belgilanadi. 
Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirishda oldindan belgilangan ekologik standartlarga mosligi 
aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni ekologik sertifikatlashtirilganda uning 
ekologik ekspertiza asosida ma’qullangan loyiha hujjatlariga mosligi 
tekshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirish holatlari O‘zbekiston Respublikasining 
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga 
asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. Shunday toifadagi obyektlarga xavfli chiqindilar kiradi. 
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi 
bilan o‘tkaziladi. Shuning natijasida mahsulotlar va xizmatlarga “ekologik 
toza” belgisi beriladi.
Ekologik sertifikatlashtirishni ham O‘zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (O‘zdavstandart) boshqaradi. 
Ushbu organ sertifikatlashtirish tarmog‘ida davlat siyosatini amalga 
oshiradi, sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha umumiy qoidalarni 
belgilaydi; sertifikatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar 
hamda xorijiy davlatlar bilan ishlarni amalga oshiradi; sertifikatlashtirish 
bo‘yicha organ, sinov laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditatsiyadan, 
ekspert auditorlarni esa attestatsiyadan o‘tkazadi va akkreditatsiyani bekor 


99 
qiladi; sertifikatlashtirish organlari va laboratoriyalar faoliyati ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Ekologik sertifikatlashtirish Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasining Ekologik sertifikatlashtirish, me’yorlashtirish Bosh 
boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ekologik sertifikatlashtirish 
jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida tegishli ekoanalitik 
laboratoriyalar O‘zdavstandart organlarida akkreditatsiyadan o‘tkazilib va 
guvohnoma berilib, jalb qilinadi.
Ekologik sertifikatlashtirish 
tizimi
ekologik sertifikatsiyalashtirish 
bo‘yicha normativ hujjatlarni; ekologik sertifikatlashtiruvchi organlarni, 
sertifikatlashtirilgan obyektlarni, berilgan ekologik sertifikatlarni hisobga 
olish uchun reestr va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Ekologik sertifikatlashtirish umumiy sertifikatning tarkibiy qismi 
sifatida yoki alohida mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ekologik sertifikatlarni 
xuddi shunday mahsulot ishlab chiqaruvchi, xizmatlarni (ishlarni) 
bajaruvchi boshqa shaxslarga berish man qilinadi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan 
mahsulot, xizmatlar (ishlar) ning ro‘yxati Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday ro‘yxatga fuqarolarning 
hayoti va sog‘ligiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, 
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlar, xizmatlar (ishlar) kiritiladi. Sertifikatlashtirish ishlari 
uchun murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslardan to‘lov 
undiriladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish