Тошкент давлат юридик университети


Mazkur Qonunning 18-moddasiga asosan



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet221/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Mazkur Qonunning 18-moddasiga asosan: 
Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining 
taqdimnomasi 
bo‘yicha 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot 
muassasasi shaklida tashkil etiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat 
ko‘rsatadi.
Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, 
ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan 
mustasno. 
Davlat 
qo‘riqxonalarida 
yong‘inga 
qarshi 
tadbirlar 
o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma 
zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish 
maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining 
tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan 
fuqarolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga ularda ana shu 
organlar yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan 
taqdirda yo‘l quyiladi.
Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo‘riqxonalar 
shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida 
boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) 
tuziladi.
Davlat qo‘riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi 
shart.


260 
Alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy 
ob’yektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun 
mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua 
(landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va tabiatni muhofaza qilish 
fondlarining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa, davlat mulki hisoblanadi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga olingan ilmiy-
tadqiqot faoliyati natijalariga bo‘lgan mulk huquqi davlat qo‘riqxonalari 
bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. 
Davlat qo‘riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin 
foydalanadi. Davlat qo‘riqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari 
holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat 
qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. 
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat 
organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi 
shaklida tashkil etiladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar 
to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hududida har qanday 
faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit 
monitoringini yuritish, shuningdek, pichan o‘rish va chorva mollar 
o‘tlatish, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua 
(landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari xodimlarining va mazkur 
qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalarida yashovchi fuqarolarning o‘z 
ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning dorivor va 
texnik xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) bundan mustasno.
Har bir qo‘riqxona qaysi idoraning tasarrufida bo‘lsa, shu idora 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi bilan kelishib turib tasdiqlaydigan Nizom asosida faoliyat 
ko‘rsatadi.


261 
Amaliyotda davlat qo‘riqxonalarining maqomi va mablag‘lari 
masalasi katta ahamiyatga egadir. Yuqorida nomi zikr etilgan Qonun 
ushbu masalaga quyidagicha e’tibor beradi.
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari 
hamda tabiat bog‘lari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; 
– tabiatni muhofaza qilish fondlari mablag‘lari; 
– ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va 
ma’rifiy faoliyatidan keladigan daromadlar; 
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning 
o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlar; 
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun 
undirilgan jarima pullari; 
– musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini 
realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja 
mahsulotini sotishdan tushgan pullar; 
– yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari; 
– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari va tabiat bog‘lari 
ixtiyoriga yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari fuqarolarning 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan 
foydalanish uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-
ekskursiya yo‘nalishidagi va qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yiladigan boshqa 
faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini 
tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag‘lar 
mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, shu mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalar va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik 
va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy 
shaxslarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplashga 
qaratilgan 
tushumlardan, 
muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, 
fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va 
tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan 
mablag‘lardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va boshqa 
faoliyatdan kelgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning 


262 
xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, 
takror ko‘paytirish va tiklash uchun foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo’yish va o‘tkazish uchun davlat 
qo‘riqxonalari o‘z ilmiy xodimlar shtati bilan ta’minlanadi.
Ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, chet ilmiy tashkilotlarni va ayrim 
mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin. Davlat 
qo‘riqxonalarida olimlar kengashi (ilmiy kengash) tuziladi.
“Tabiat solnomasi”ni yuritish barcha davlat qo‘riqxonalari uchun 
majburiydir. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy jamg‘armalarini saqlash 
muddati chegaralanmaydi. Davlat qo‘riqxonalariga ilmiy asarlarni nashr 
etish huquqi beriladi.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini O‘zbekiston 
Respublikasining Fanlar akademiyasi muvofiqlashtirib boradi.
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish