Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari
uchun tayyorlash va chorva mollarini o‘tlatish.
O‘simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarini chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni
o‘tlatish tabiiy pichanzor va yaylov joylarda amalga oshiriladi.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish.
Yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish ularga biriktirilgan ov qilish va
(yoki) baliq ovlash joylarida o‘simlik dunyosi obyektlarini ular o‘sadigan
muhitdan ajratib olmagan, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanishga oid talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor
xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash.
Yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari
uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni jismoniy shaxslar tomonidan
shaxsiy iste’mol uchun yig‘ish va tayyorlashga umumiy foydalanish
tartibida yo‘l qo‘yiladi. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va
dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda
o‘suvchi o‘simliklarni o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar
tomonidan yig‘ish va tayyorlashga o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus
foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar asosida yo‘l qo‘yiladi.
Daraxtlar va butalarni kesish.
Davlat o‘rmon fondi yerlaridagi
daraxtlar va butalarni kesish o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish
qoidalariga muvofiq, o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari hisobga olingan
holda berilgan o‘rmon biletlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Esda tuting!
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga
faqat
sanitariya
maqsadlarida
kesish
hamda
binolarni,
inshootlarni
va
kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holda kesish
tartibida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tabiatni muhofaza qilish organlari
bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy omillar yoki o‘simliklar
zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan,
shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki
xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati
organlarining tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra haq
221
Do'stlaringiz bilan baham: |