Jinoiy huquqiy javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
kodeksi
1
ning 194–196-moddalarida atmosfera havosini muhofaza qilish
bilan bog‘liq sodir etilgan jinoiy huquqbuzarlik uchun jazo tizimi
ko‘rsatilgan.
Nazorat uchun savollar
1. Atmosfera havosini insoniyat va tirik mavjudot hayotidagi
ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? Shu ma’noda atmosfera havosini
muhofaza qilishning huquqiy asoslari nimalardan iborat va atmosfera
havosini muhofaza qilishning ekologik huquqiy tadbirlari qanday
ko‘rsatilgan? Javobingizni ekologik qonunlar asosida tahlil qiling.
2. Hozirgi paytda atmosfera havosini transchegaraviy ifloslanishi
holatini qanday baholaysiz va bu borada muammolar mavjudmi?
Atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi hamda ozon qatlami
buzilishi va uni oldini olishning xalqaro huquqiy asoslari haqida nimalarni
bilasiz? Ushbu masalalarni xorijiy davlatlar tajribasi misolida tahlil
qiling.
3. Surxondaryo
viloyati, Sariosiyo, Oltinsoy, Uzun va Denov
rayonlaridagi barcha fermer xo‘jaliklari Surxondaryo
viloyati hokimi
nomiga Regar alyumin zavodi (TALKO)tomonidan atmosfera havosini
ifloslantirishi oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
73
O‘zbekiston Respublikasining kodekslar to‘plami. –Toshkent: Adolat, 2014.
216
shartnomalarini to‘la bajarmayotganliklari xususida ariza bilan murojaat
qilib, yetkazilgan moddiy va manaviy zararni Regar alyumin zavodi
(TALKO) tomonidan qoplashlarini talab qildilar. Surxondaryo
viloyati
hokimi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga va
ushbu masala yuzasidan tuzilgan maxsus komissiyaga talabnomani
o‘rganib chiqish va ushbu masala yuzasidan tegishli xulosa berishlikni
topshirdi. Mazkur masala bo‘yicha komissiya arizani o‘rganib chiqib,
Sariosiyo, Oltinsoy, Uzun va Denov rayonlaridagi barcha fermer
xo‘jaliklarini arizasini rad etish yuzasidan asoslantirilgan xulosa
tayyorladi. Surxondaryo
viloyati hokimi esa xulosa asosida fermer
xo‘jaliklarining arizasini rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan Sariosiyo,
Oltinsoy, Uzun va Denov rayonlaridagi barcha fermer xo‘jaliklari
Surxondaryo
viloyati prokurorigasiga murojaat etib, talablarini ijobiy hal
etishlarini so‘radi.
Vaziyatga huquqiy baho bering!
4. Navoiy viloyati Karmana tumani ”Otayor-Boshliq”fermer xo‘jaligi
hududi, Yangi hayot mahallasi Xushnud ko‘chasida istiqomat qilayotgan
fuqaro T.Aliev foydalanayotgan 0,12 ga tomarqasida ekilgan daraxtlarni
hosilini yig‘ishtirib olgandan so‘ng noyabr oyida daraxtlarni ortiqcha
shoxlarini butalab, daraxt barglarini to‘plab uni yondirib o‘t qo‘ygan.
Daraxtlarning shoxlari va barglari ho‘l bo‘lganligi sababli yonmay undan
chiqqan tutun ikki-uch kun mobaynida tarqalib mahalla va qo‘shnilarga
katta ozor berib, ularni normal hayot turmush tarziga ekologik zarar
yetkazgan. Bunday qilingan holat yuzasidan norizo bo‘lgan qo‘shnilar
Karmana tumani hokimligiga murojat qilib, fuqaro T.Aliev ni har doim
qilayotgan bunday ishi uchun uni mahalladan ko‘chirib yuborishini va
qonunga asosan jazolashni talab qilganlar.
Vaziyatga huquqiy baho bering!
217
Do'stlaringiz bilan baham: |