O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-yanvar,
PQ-4119-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
TASHKILIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 108 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni davlat boshqaruvi organlari uchun o‘rnatilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 07/19/4119/2492-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy mansubligi va tashkiliy huquqiy shakllaridan qat’i nazar davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda ta’lim tashkilotlari deb ataladi) attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar berish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/470/3251-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/620/3482-son)
respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
Do'stlaringiz bilan baham: |