Boshqa tushumlar. Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ijara to‘lovidan olingan daromadlar. Ijara to‘lovi bozor ma’muriyatining tasarrufida bo‘lgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi;
bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq daromaddir;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
Ijara to‘lovining va bozor ma’muriyati ko‘rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |