Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi


-bob Soliq nazoratini huquqiy jihatdan tartibga solish



Download 0,77 Mb.
bet48/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

3-bob Soliq nazoratini huquqiy jihatdan tartibga solish

Ushbu bobda soliq nazoratining o‘ziga xos jihatlari, shakllari va turlari, shuningdek soliq tekshiruvlarini o‘ziga xos jihatlari, asoslari kabi masalalar yoritilgan.



3.1. Soliq nazoratining o‘ziga xos jihatlari


Soliq nazorati bu soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligiga to‘liq rioya etishi, soliqlar va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi, to‘g‘ri hisoblanishi ustidan soliq organlari tomonidan olib boriladigan nazoratdir.

Davlatning moliyaviy nazorati davlat moliya siyosatini amalga oshirish, moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratish uchun mo`ljallangandir. Hamma davlatlarda, ular qurilishining o`ziga xosligiga qarab, moliya nazoratining o`z tizimi tarkib topgan. Shunga qaramasdan, chet davlatlarda nazorat-taftish tarmog`ining tashkil etilishi va ish-faoliyati u yoki bu jihatdan ko`p yillik xalqaro tajribada ifodalangan umumiy prinsiplarga asoslanadi. Masalan, har qanday yirik dasturni amalga oshirish, albatta, kichik nazorat tizimini o`z ichiga qamrab oladi. Bu maqsadlarga, odatda, qandaydir muhim Davlat dasturi uchun ajratilgan mablag`larning umumiy hajmidan bir-ikki foiz ajratiladi.

Soliq nazorati davlat moliyaviy nazoratining bir turi bo‘lib, soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.

Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

So‘nggi vaqtlarda respublikamiz hukumati tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish hamda moliyaviy jazolarni qo‘llashni erkinlashtirish borasida juda muhim qarorlar qabul qilinmoqda.
Masalan, 2011, 2012, 2013, 2015- va 2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining Soliq nazorati bobiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, soliq tekshiruvchining muddatlari, davriyligi, tekshiruvni o‘tkazishga doir qo‘shimcha shartlarda tadbirkorlik subyektlariga bir muncha yengilliklar berildi. Jumladan, O‘R SKning 90-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda ko‘pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda rioya etayotgan soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‘pi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, 2015-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra Soliq kodeksining bir necha moddalariga o‘zgartish va qo`shimchalar kiritilgan. Jumladan Soliq kodeksining 91-moddasiga asosan, soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi foliyatini qamrab oladi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirishlar o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan davrni qamrab oladi.



Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida O‘zbekston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 5-oktabrdagi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralarga quyidagilarga yo‘naltirilgan asoslangan takliflar kiritish vazifasi yuklandi: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta’minlaydigan soliq ma’murchiligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralarga quyidagilarga yo‘naltirilgan asoslangan takliflar kiritish vazifasi yuklandi: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish xarajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni ta’minlaydigan soliq ma’murchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilash; respublikaning eksport salohiyati o‘sishini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni rag‘batlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalar kursi siyosatining ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy etish; tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish; tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o‘tkazish soni va muddatlarini qisqartirish; huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va h.k.. Shuningdek, 2017-yilning 1 yanvaridan boshlab: tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno; tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi; moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda insonning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanktsiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etilishi belgilandi.16
Nazorat vositasida bajarilayotgan topshiriqning to‘liqligi, o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishonchliligi, topshiriqni bajarish paytida mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va o‘tkazilgan operatsiyalarning qonuniyligi aniqlanadi, faoliyatni yaxshilash va ishda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik va kamchiliklarlarni bartaraf etish uchun ichki rezervlar aniqlanadi, shuningdek qonunchilik hujjatlarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Soliq amaliyoti Davlat budjetiga soliqlarni o‘z vaqtida tushishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikki asosiy omilni ko‘rsatadi. Birinchisi, soliq to‘lovchilarning hisobvaraqlarida mablag‘ning yo‘qligi. Ikkinchisi esa soliq to‘lovchilar soliq to‘lashdan bosh tortishidir.

Soliq nazorati bir qator tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi. “Xo‘jalik yuritiuvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi: nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik; yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.







    1. Download 0,77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish