Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi


Soliq huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni



Download 0,77 Mb.
bet36/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

Soliq huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni. Soliq tizimi murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan biri bo‘lganligi sababli, huquqshunos olimlar o‘rtasida uning qaysi huquq sohasi normalari bilan tartibga solinishi bo‘yicha yagona fikr mavjud emas. Yuridik adabiyotlarda huquqshunos olimlarning ikki xildagi qarashlari mavjud bo‘lib, soliq solish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar – moliya huquqi yoki huquqning mustaqil sohasi hisoblangan – soliq huquqi tomonidan tartibga solinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning muayyan doirasi soliqlarni belgilash va undirib olish bilan bog`liq. Ular moliya huquqining normalari bilan tartibga solinib, bu normalar majmui uning institutlaridan biri – soliq huquqini tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda, soliq huquqi deganda, soliqlarni belgilash va undirib olish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuini tushunish qabul qilingan.



Hozirgi vaqtda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda soliqlar rolining ortib borishi bilan ko`pgina tadqiqotchilar soliq huquqini huquqning mustaqil tarmog`i sifatida ko`rib chiqishga moyildir. Soliqlarni belgilash va undirib olish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning o`ziga xos muayyan xususiyatlari bo`lishi tabiiydir, bunday o`ziga xos xususiyatlar budjet, bank va boshqa moliyaviy munosabatlarga ham xos bo`lib, shunga qaramasdan, ular moliya huquqi predmeti doirasidan chetga chiqmaydi. Ushbu barcha munosabatlar, oxir-oqibatda davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog`liqdir. Davlat moliyaviy faoliyati sohasi huquqning boshqa tarmoqlari normalari ta’siridan ajratilmagan bo`lib, ular vositasida moliya huquqi predmeti bilan qamrab olinmaydigan, unda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa huquq turli tarmoqlarining o`zaro ta’siri yuzaga keladi. Shu jihatdan soliq huquqi moliya huquqi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuningdek, soliq huquqi moliya huquqidan tashqari konstitutsiyaviy huquq, budjet huquqi va ma’muriy huquq bilan ham uzviy bog`langandir.

Konstitutsiyaviy huquq huquqning barcha tarmoqlari, shu jumladan soliq huquqi uchun asosiy negizga ega. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning soliq tizimlarining huquqiy asoslari, shuningdek soliq sohasidagi davlat vakolatli organlari va ijroiya hokimiyati vakolatlarini belgilaydi. Xususan, mamlakatimizning ushbu Asosiy Qonuni 123-moddasida respublika hududida yagona soliq tizimi amal qilishi, soliqlarni joriy qilish huquqi esa faqat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tegishli ekanligi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 51-moddasida fuqarolarning qonunchilik bilan belgilangan soliqlarni to`lash majburiyati mustahkamlab berilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash huquqini berish bo`yicha alohida vakolatini ham mustahkamlab beradi (O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 78-modda 8-bandi, 100-modda). Ushbu qoidalar soliq huquqi normalarida aniqlashtirib berilgan. Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq nafaqat umuman soliq huquqi dastlabki asoslarni mustahkamlab beradi.

Ma’muriy huquq davlat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan soliq sohasida amalga oshiriladigan ijroiya hokimiyati sohasida tarkib topadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Moliya qonunchiligi ichida budjet huquqi normalari ajratiladi, ko`pincha ular moliya huquqining Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tartibga soluvchi boshqa normalari bilan qo`shilib ketadi. Masalan, soliq huquqi normalari budjet huquqining Davlat budjeti daromadlari xususiyati, tarkibi va hajmi, ularning kelib tushish tartibi (belgilangan soliqlarni to`lash tartibi va muddatlari)ni aks ettiruvchi qismi tomonidan qamrab olsa, budjet huquqi budjet qurilishi va davlat budjet tizimi; budjet tizimi daromadlar va xarajatlar tuzilmasi, ularni budjet tizimi bo`g`inlari o`rtasida taqsimlash tartibi; umuman davlat va uning subyektlari (budjet sohasidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalar) vakolatlari (budjet huquqlari); budjet jarayonini tashkil etish, ya’ni budjetni shakllantirish tartibi hamda uning ijrosi to`g`risidagi hisobot; budjet nazorati13.
Soliq huquqi huquqning ayrim boshqa tarmoqlari (mehnat huquqi, yer, jinoyat va h.k. huquq) bilan muayyan o`xshashlikka va farqqa ega. Ammo barcha hollarda respublika huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan soliq huquqini ajratishning asosiy mezoni bo`lib uning predmeti va u bilan belgilanadigan huquqiy tartibga solish usulining o`ziga xos xususiyatlari xizmat qiladi. Soliq huquqining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uni huquqning boshqa tarmoqlaridan ajrata bilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir, chunki uning o`ziga xosligi va mazkur faoliyatga xos bo`lgan umumiy prinsiplarini hisobga olgan holda, soliq tizizmini aniq tashkil etishga imkon beradi, soliq huquqiy normalarni to`g`ri tushunish va qo`llashga yordam beradi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish