Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi



Download 0,77 Mb.
bet35/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

Soliq huquqining usuli. Huquqiy tartibga solishning maxsus usulini, xususan, davlat-hokimiyat ko`rsatmalari usuli soliq munosabatlarini tartibga solishga ham to`liq darajada xosdir. “Pozitiv majbur qilish, man etish, ba’zan ruxsat berish usulini qo`llashda ifodalangan maxsus yuridik tartibot” 12 soliq huquqida ham foydalanaladi.

Soliq huquqi ham boshqa huquq sohalari singari o‘zining tartibga solish uslubiga egadir. Soliq huquqi tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, soliq solish jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi.

Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo‘yicha, ya’ni predmet bo‘yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda o‘zlarining asosiy ko‘rinishlarida hatto bir-biriga mos ham keladi.

Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular:






  1. yozma buyruq, ko‘rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. (Masalan, soliqlarni to‘lash majburiyatini yuklanishi);

  2. man etish, taqiqlash – amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. (Masalan, soliqlarni natura shaklida to‘lanishini taqiqlanishi);

  1. ruxsat berish – huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir.

(Masalan, soliq solishni soddalashtirilgan tizimini joriy etilishi. Masalan, soliq to‘lovchi soliqlarni to‘lashda yoki umumbelgilangan soliqlarni to‘lashi yoki soddalashtirilgan soliq solish tizimiga ko‘ra soliqlarni to‘lashi mumkin. Ikkala holatda ham soliqni, albatta, to‘laydi, faqat to‘lash usulini o‘zi tanlash imkoniyati beriladi).


Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan usullaridan huquqni u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi.

Soliq huquqining tartibga solish usuliga davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko‘rsatmalar xosdir. Soliq munosabatlarining boshqa tomoni ushbu ko‘rsatmaga bo‘ysunishga majburdir. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko‘rsatmalari yordamida davlat amalda o‘zining soliq sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi.

Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va soliq munosabatlarida uning manfaatlarini ifoda etadigan, davlat organlarining o‘z xohish-irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda soliq sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi.

Aynan mana shu sababli soliq huquqining asosiy usuli, ya’ni soliq munosabatlari ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari – davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari usuli hisoblanadi. Ushbu usulning qo‘llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan soliq tizimini tashkil etish zarurati bilan belgilanadi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish