72
Elektron pochta dasturlarini ishlatish orqali siz nafaqat matnli
xabarlarni joʻnatishingiz mumkin, balki
elektron pochta xabarlariga
boshqa fayl turlari: hujjatlar, elektron jadvallar, grafik, audio va video
fayllarni ham biriktirib yuborishingiz mumkin.
E-pochta an’anaviy pochtaga oʻxshaydi. Faqat qogʻoz
va qalam
oʻrniga siz pochta dasturida yoki brauzerda matnni klaviatura yordamida
terib, yuborasiz. Elektron pochtaga yuborilayotgan matn oxirida
“Yuborish” tugmasi yoki shunga oʻxshash buyruqdan iborat belgini
bosish orqali yuboriladi.
Pochta xizmatlari boʻlimlari rolini pochta-serverlari, pochtalyonlar
vazifasini esa Internet-kanallar amalga oshiradi.
Pochta-serverlar
foydalanuvchilarning elektron pochta qutilarini saqlaydi. Foydalanuvchi
pochta qutisiga kirishi bilan olingan xatlar, ya’ni xabarni darhol koʻradi.
Keyingi harakat esa bir necha soniyalar ishidir… xabar oʻqib chiqiladi
va unga javob yoziladi.
Shaxsiy pochta qutisi – bu pochta-serveri tomonidan foydalanuvchi
uchun kirish va chiqish xabarlarini saqlashga moʻljallangan disk
maydoni hisoblanadi.
Pochta serveriga ulangandan soʻng, foydalanuvchi quyidagilarni
amalga oshirishi mumkin:
pochta qutisiga chiquvchi xatlarni joylashtirish;
pochta qutisidan kelgan pochta xabarlarini qabul qilish.
Tajribali foydalanuvchilarga shuni aytib oʻtishni joizki,
sizning
pochta serveridagi elektron pochtangiz allaqachon Internet hisoblanadi
va sizning kompyuteringizning xotirasini hech qanday tarzda toʻldirib
yubormaydi. Kerakli xabarlarni serverdagi papkalarga saqlashingiz
73
mumkin. Bu masalaga toʻxtab oʻtishning asosiy sababi shuki,
biz ish
davomida shunday foydalanuvchilarni uchratamizki, ular oʻz qutisiga
kelgan xabarlarni oʻqiganidan soʻng ularni tezda oʻchirib tashlashga
harakat qiladilar.
Ham pochta serverlarida, ham ijtimoiy tarmoqlarda.
Buni kompyuterning xotirasi toʻlib ketmasligi bilan tushuntirishadi.
Holbuki, xatlaringizni saqlash uchun pochta serverlari har bir
roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchiga oʻz xabarlarini saqlash uchun
ma’lum miqdorda disk maydonini ajratishadi. Misol uchun: Yandexda
Mail
–
10
megabayt, Mail.ru pochta – 5 megabayt, Gmail.com pochtasi esa –
7 gigabaytdan ortiq joyni faqat pochta xabarlari uchun ajratib beradi.
Pochta qutingizga kirgan har bir amalingiz “sessiya” deb nomlanadi,
xabar oʻqish uchun kirasizmi yoki yuborasizmi, farqi yoʻq.
E-mail an’anaviy pochtaga qaraganda bir necha jiddiy afzalliklarga
ega boʻlganligi sababli keng ommalashib ketdi. Ulardan eng muhimi –
Do'stlaringiz bilan baham: