sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya quyidagi xujjatlarni talab qilishi lozim: uyga nisbatan
taraflarning egalik huquqi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (uy-joy huquqiy ro‘yxatdan
180
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
o‘tkazgan-ligi haqidagi yakka tartibdagi imoratlarni hisobga olish va nazorat qilish bo‘limidan
(YaTIHONQB) ma’lumotnoma, oldi-sotdi, hadya, ayirbosh-lash shartnomalari, meros haqidagi
guvohnoma, sudning hal qiluv qarori va boshqalar), uy plani, mulkdorning oilasi haqidagi
ma’lumotnoma, davlat boji to‘langanligi haqidagi chipta. Bunday holda sud mulkdorlarning
da’volari bo‘yicha umumiy ulushda bo‘lgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilashga haqli.
Ushbu toifadagi ishlar sud tomonidan umumiy muddatlarda ko‘rib
chiqiladi. Sudda ish ko‘rib chiqilganidan so‘ng, hal qiluv qarori chiqaradi.
Uy-joyga oid nizoli ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori sud tomonidan
fuqarolik protsessual qonunchiligi normalari hamda turar joyga oid
munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy
kodeksi va Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga to‘liq rioya
qilgan holda chiqarilishi lozim.
Mazkur ishlar bo‘yicha ham hal qiluv qarorining kirish qismida hal
qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi, hal qiluv qarori chiqargan
sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi,
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, nizo predmeti
ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida da’vogarning talablari,
javobgarning e’tirozlarining qisqacha mazmuni va ishda ishtirok etuvchi
boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettiriladi. Hal qiluv qarorining
asoslantiruvchi qismida sudning ish bo‘yicha chiqargan xulosasining
faktik va huquqiy asoslari bayon etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv
qarorining bu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning
holatlari to‘g‘risidagi sud hulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu
dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, shuningdek, ushbu munosabatni
tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari keltirilmog‘i, qonunning nomi,
moddasi, bandi, boshqa qonun xujjatlarining soni va qabul qilingan sanasi
hamda protsessual huquqiy me’yorlari ko‘rsatilishi shart. Zarur holatlarda
sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini
ham qo‘llashi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi,
otasining
ismi
to‘liq
keltirilishi,
da’vogar
talablarining
qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki butunlay yoxud qisman rad
etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo‘lishi shart.
Shuningdek, sud harajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan
shikoyat berish (protest keltirish) muddati va tartibi ko‘rsatilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 268-
moddasiga ko‘ra, fuqarolarni binodan ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
bo‘yicha hal qiluv qarori darhol ijro etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uy-joyga
oid ishlar bo‘yicha sud hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng,
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun va
boshqa qonun hujjatlari asosida umumiy tartibda ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |