Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

13.3. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning 
protsessual xususiyatlari 
Oilaviy-huquqiy  munosabatlarga  oid  normalar  ichida  otalikni 
belgilash to‘g‘risidagi masalalar oila huquqining asosiy institutlaridan biri 
hisoblanadi.  Oila  qonunchiligida  otalikni  belgilash  masalasi  o‘zaro 
nikohda bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida bola tug‘ilishi va unga nisbatan nasl-
nasab  belgilanishi  munosabati  bilan  vujudga  keladi.  Odatda  otalik 
tushunchasi  negizida  biologik  va  yuridik  asoslar  mavjud  bo‘lib,  ular 
birgalikda  otalikni  belgilash  munosabatlarini  vujudga  keltiradi.  Oila 
kodeksi  normalariga  binoan  otalikni  belgilash  deb  o‘zaro  nikohda 
bo‘lmagan  shaxslardan  tug‘ilgan  bolaga  nisbatan  qonunda  belgilangan 
tartibda  FHDYo  yoki  sud  organlarida  nasl-nasabning  belgilanishiga 
aytiladi. 
Otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi  ishlarning  taalluqliligini  FHDYo 
organi yoki sudga taalluqli ishlar deb turkumlash mumkin.  
Otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi  talab  qaysi  organga,  ya’ni  FHDYo 
organi  yoki  sudga  yoxud  sudning  qaysi  ish  yuritish  turiga  taalluqli 
bo‘lishidan qat’i nazar, otalikni belgilash to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun 
yagona  asos  bu-bolaning  onasi  bilan  otaligi  taxmin  qilinayotgan  shaxs 
o‘rtasida FHDYo organida qayd etilgan nikohning bo‘lmasligidir. Boshqa 
holatlar esa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni da’vo yoki alohida ish 
yuritish  tartibida  ko‘rib  chiqilishiga  turlicha  ta’sir  qiladi.  Masalan, 
bolaning  1968  yil  1  oktyabrgacha  yoki  undan  keyin  tug‘ilganlik  vaqti 
da’vo  tartibida  ish  yuritishga  imkon  bersa,  alohida  tartibda  ish  yuritishda 
esa  ushbu  sana  otalikni  tan  olish  va  otalik  faktlarini  belgilashga  sabab 
bo‘ladi. 
Otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi  talabning  FHDYo  organiga  taalluqli 
bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak: 
♦ bolaning onasi bilan o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxs 
o‘rtasida FHDYo organida qayd etilgan nikohning mavjud emasligi; 
♦  bolaning  onasi  bilan  o‘zini  bolaning  otasi  deb  tan  olayotgan 
shaxsning birgalikdagi arizasining mavjudligi; 
♦  ona  vafot  etganda,  ona  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganda, 
onaning  qayerdaligini  aniqlash  imkoniyati  bo‘lmaganda,  ona  onalik 
huquqidan  mahrum  qilinganda  o‘zini  bolaning  otasi  deb  tan  olayotgan 
shaxsning  vasiylik  va  homiylik  organi  bilan  kelishilgan  arizasining 


 
 
158 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
mavjudligi; 
♦  bolaning  otasi  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb 
topilganida ota homiysining vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan 
arizasining mavjudligi. 
Otalikni sud yo‘li bilan belgilashda sudya ish qo‘zg‘atish jarayonida 
dastlab  talabning  oila  qonunchiligining  tegishli  normalariga  mos  kelish-
kelmasligini,  talabning  sudga  taalluqli  ekanligini,  talabning  qaysi 
turkumdagi ish yuritish tartibida ko‘rilishini hal qilishi lozim. 
Da’voli  ishlarni  sudga  taalluqligining  umumiy  qoidalariga 
asoslangan holda otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning sudga taalluqli 
ekanligini quyidagi shartlarda ko‘rish mumkin: 
 
 
 
FHDYo  organiga  otalikni  belgilash  to‘g‘risida  ariza  beruvchi 
subyektlar sifatida ota-ona, voyaga yetmagan ota-onaning qonuniy vakili, 
muomalaga  layoqatsiz  otaning  homiysi  yoki  vasiylik  va  homiylik 
organlarini  ko‘rsatish  mumkin.  Shuningdek,  FHDYo  organida  otaning 
arizasi  asosida  otalikni  belgilashga  quyidagi  holatlarda,  ya’ni  ona  vafot 
etganda;  ona  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganda; 
onaning  qayerdaligini  aniqlash  imkoniyati  yoki  uning  yashash  joyini 
belgilashning  imkoniyati  bo‘lmaganda;  ona  onalik  huquqidan  mahrum 
qilinganda  yo‘l  qo‘yiladi.  Bunday  holatlarda  vasiylik  va  homiylik 
bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan 
shaxs o‘rtasida FHDYo organida qayd etilgan 
nikohning mavjud emasligi
bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan 
shaxs o‘rta-sida FHDYo organiga birgalikda 
topshirilgan arizaning bo‘lmas-ligi
otaligi taxmin qilinayotgan shaxsning otalikni tan 
olganlik haqidagi vasiylik va homiylik organi bilan 
kelishilgan arizasining bo‘lmasligi
bolaning asoslar amalga kiritilgandan keyin, ya’ni 
1968 yil 1 oktyabrdan keyin tug‘ilgan bo‘lishi
otaligi taxmin qilinayotgan shaxsning hayot 
ekanligi


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
organining  roziligi  olinib,  arizaga  onaning  o‘limi  haqidagi  guvohnoma 
nusxasi,  onasi  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganligi  to‘g‘risidagi  sud 
qarorining  nusxasi,  onaning  onalik  huquqidan  mahrum  etilganligi 
to‘g‘risidagi  sud  qarorining  nusxasi,  ichki  ishlar  organlarining  olti  oydan 
ortiq  muddat  davomida  bolaning  onasi  haqidagi  ma’lumotlarning  mavjud 
emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Shuningdek, arizaga 
yuqoridagi  holatlarni  tasdiqlovchi  hujjatlarning  nusxalari  hamda  vasiylik 
va homiylik organining roziligi ifodalangan hujjat ilova qilinishi kerakligi 
ta’kidlangan. 
Otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi  ishlarning  da’voli  ishlar  turkumiga 
mansubligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 33-
moddasiga  asosan,  umumiy  qoida  bo‘yicha  javobgarning  doimiy  yashab 
turgan  yoki  doimiy  mashg‘ul  bo‘lgan  joyidagi  sudga  beriladi.  Agar 
javobgarning  yashash  joyi  noma’lum  bo‘lsa,  uning  mol-mulki  turgan 
joydagi  yoki  uning  oxirgi  yashash  joyidagi  sudga  murojaat  qilinadi.  Shu 
bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  34-moddasiga  ko‘ra, 
fuqarolarning  huquq  va  manfaatlari  himoyasini  ta’minlash  maqsadida 
da’vogar  aliment  undirish  to‘g‘risidagi,  otalikni  belgilash  haqidagi  va 
mayib  bo‘lganlik  hamda  sog‘liqqa  boshqacha  tarzda  shikast  yetkazganlik 
yoxud  boquvchisining  o‘limi  natijasida  ko‘rilgan  zarar  o‘rnini  qoplash 
to‘g‘risidagi  da’volarni  o‘zi  yashab  turgan  joydagi  sudga  ham  taqdim 
etishi  mumkin  va  sudlovlilikning  bunday  shakli  muqobil  (alternativ) 
sudlovlilik deb yuritiladi. 
Otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi  ishlarning  alohida  ish  yuritish 
tartibida  ham  ko‘rib  chiqilishini  inobatga  olsak,  bunday  turkumdagi 
arizalar  arizachi  yashab  turgan  joydagi  sudga  beriladi  (O‘zbekiston 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish