Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 80-moddasida belgilangan



Download 0,94 Mb.
bet76/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 80-moddasida belgilangan. Jinoyat-protsessual kodeksining 76-,79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Agar ko‘rsatilgan shaxslar o‘zlarini o‘zlari rad etmasalar, unda ularni shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Rad qilish to‘g‘risidagi masala qoida tariqasida sud tomonidan maslahatxonada hal qilinadi. Ta’kidlash lozimki, rad qilish instituti jinoyat protsessida xolislik, beg‘arazlik va odillikni ta’minlaydi, bir yoqlamalikni inkor etadi. Shu bois ham jinoyat protsessida ikki taraf (bir tomondan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar, ularning himoyachilari va vakillari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va ularning vakillari) manfaati to‘qnash kelar ekan, ushbu ishtirokchilar sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolisning qarama-qarshi tomon manfaatlariga yon bosayotganliklarining guvohi bo‘lsalar, darhol tegishli asosga ko‘ra, ushbu shaxslarni rad qilish to‘g‘risida arz qilishlari lozim bo‘lib, bu ularning manfaatlari uchun ham xizmat qiladi.
Shuningdek, Oliy Sud Plenumining 2008-yil 15-maydagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 12-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksi 76-,516-moddalariga muvofiq, chaqirtirilgan yoki protest bilan kelib tushgan jinoyat ishi ushbu ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim15. Qonun mazmuniga ko‘ra bunday qoida iltimosnomani ko‘rib chiqishga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak. Iltimosnoma yoki jinoyat ishi mazkur ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan hollarda, u Jinoyat-protsessual kodeksi 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish yoki ishni tergov qilish chog‘ida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qo‘yilishi mumkin. Bunda prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sudya ish yuritishni boshlashdan oldin rad etish uchun asoslar bor yoki yo‘qligini aniqlash, bu borada protsess ishtirokchilarining fikrini bilish hamda bu haqda ish yuritish to‘g‘risidagi bayonnomada tegishli qaydni kiritib qo‘yishi maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi va sudya boshqa protsess ishtirokchilarini rad etish bo‘yicha tegishli asoslar mavjudligini aniqlash uchun mas’uldirlar.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Ya’ni, arzda Jinoyat-protsessual kodeksining 76-79-moddalarida ko‘zda tutilgan asoslarga havolalar bo‘lishi, ular o‘z navbatida ushbu vaziyatda nimalarda namoyon bo‘lishi ko‘rsatilishi hamda bu haqda tegishli dalillar (qarindoshligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, birga tushgan suratlar, qarz shartnomasi yoki mehnat shartnomasidan ko‘chirmalar v.h.) ilova qilinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, rad qilish haqidagi arz turli xil mish-mishlarga, xohish-istaklarga yoki bo‘lmasa, ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy fazilatlari yoki tabiatiga bog‘liq holda berilishi mumkin emas.
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala ko‘rilguniga qadar tushuntirish berishga haqli bo‘lib, bu rad qilingan shaxsning motivi va maqsadi to‘g‘risida xulosa qilish imkonini beradi. Ya’ni, rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala ko‘rilguniga qadar ushbu ishni ko‘rishda qatnashishni davom ettirishini asoslovchi dalillarni ko‘rsatishi, uni rad etishni asoslovchi dalillarga nisbatan o‘z vajlarini bayon etishga haqli. Bunda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya rad etishga asos bo‘luvchi holatlar mavjudligini aniqlagan bo‘lsa, rad etishni amalga oshirishi shart hisoblanadi.
Sudyani rad qilish tartibi jinoyat ishi hay’atda yoki yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganligiga qarab farqlanadi. Ya’ni, jinoyat ishi hay’atda ko‘rib chiqilayotganida, sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi hamda ovozlar teng bo‘linganda sudya rad qilingan hisoblansa, ishni yakka o‘zi ko‘rayotgan sudyani rad qilish masalasini uning o‘zi hal qiladi. Ayni damda ko‘pchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala to‘la tarkibdagi sud tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etilishi belgilangan. Sud amaliyotida sudyani rad etish tartibining aniq belgilanganligi ishni xolis va beg‘araz sudya tomonidan ko‘rib chiqilishini taminlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Prokurorni, jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, yoki tergovchini, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini, xolisni rad qilish tartibi ish jinoyat protsessining qaysi bosqichida ekanligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ya’ni, sud bosqichida, shu jumladan, sud majlisida prokurorni, jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi.
Sudga qadar bo‘lgan bosqichda, shu jumladan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va ishni tergov qilish chog‘ida esa, prokurorni rad qilish masalasi yuqori turuvchi prokuror, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini, shuningdek xolisni rad qilish masalasi tergovga qadar tekshiruv vaqtida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, ishni tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.
Rad qilish muddati hamda uni rasmiylashtirish tartibida rad qilishga nisbatan u jinoyat protsessining qaysi bosqichida amalga oshirilganligiga qarab ikki xil muddat belgilangan. Xususan, tergov qilish chog‘ida qo‘yilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma to‘rt soat ichida hal etilsa, sud majlisida rad qilish shu majlisda darhol hal etilishi lozim. Ayni damda rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Bu haqdagi qaror yoki ajrimda rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqidagi to‘xtam asoslantirilgan, har qanday holatda ham bu boradagi vajlarga baho berilgan bo‘lishi lozim.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlarning Oliy Sud Plenumi qarorlarida va tarmoq qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlari yurituvida rad qilish instituti rolini aniqlashlari lozim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish