Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet250/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

SUDNING CHAQIRUVI – ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudga chaqiruv qog‘ozlari, zarur hollarda esa, telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali chaqiriladilar hamda sudning ayrim protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadilar.

SUDYA – qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxs.

SUDYA, XALQ MASLAHATCHISI, PROKUROR, TERGOVCHI, SURISHTIRUVCHI VA SUD MAJLIS KOTIBINI RAD QILISH – quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki protsessda qatnashayotgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.



SUDYALARNING ALMASHTIRILMASLIGI – sudya vakolat muddati davomida o‘z roziligisiz boshqa lavozimga yoki o‘zga bir sudga o‘tkazilishi mumkin emasligi tushuniladi hamda sudyaga berilgan vakolatlar faqatgina qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra va tartibda tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkinligini anglatadi.

SUDYALARNING DAXLSIZLIGI – sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taminlash maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Sudya sudyalarning tegishli malaka hay’atining roziligisiz ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudloviga tegishlidir. Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish