Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

formal tarkibi
– bu ijtimoiy xavfli qilmish amalga 
oshirilgan paytdanoq qilmish tugallangan deb hisoblanishidir. Qayd etish kerakki, 
bu vaziyatda oqibat yuz berishi talab qilinmaydi hamda bu qilmishni kvalifikatsiya 
qilish uchun shart ham emas. Ayrim olimlar formal tarkibli jinoyatlarda qilmish 
amalga oshirilish bilan jinoyatning tamom bo‗lishini xato deb hisoblaydi. Bu 
maqsadga muvofiq emas. Bunday qilmishlarda oqibat mavjud bo‗lmasa-da, u uzoq 
yillar davomida shakllangan jamiyatning ma‘naviy qiyofasiga zarar yetkazadi. 
Qo‗shimcha tariqasida formal tarkibli jinoyatning obyektiv tomoni to‗la bajariladi, 
Shuning uchun ham uni tamom bo‗lgan deb hisoblash mantiqan to‗g‗ri
14

O‗zbekiston Respublikasi JKda formal tarkibli jinoyatlar moddiy tarkibli 
jinoyatlarga qaraganda ko‗pligini inobatga olgan holda bu turdagi jinoyatlar uchun 
xos bo‗lgan asosiy belgilarni ajratib ko‗rsatish lozim. Ta‘kidlash kerakki, jinoyat-
huquqiy normalarda oqibatning yuz berishi shart qilingan va bunday shart 
bo‗lmagan hollar mavjud. Shu yo‗l bilan qonun chiqaruvchi muayyan hayotiy 
vaziyatlarda jinoyatning bir necha tarkiblari mavjud bo‗lishiga yo‗l qo‗ymoqda. 
Bundan xulosa qilish mumkinki, jinoyatning formal tarkibida quyidagi asosiy 
belgilar mavjud: 

Oqibatning yuz berishi shart emasligi. 

Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan paytda tamom bo‗lgan 
hisoblanadi. 

Ayrim hollarda ijtimoiy xavfli oqibat bo‗lishi ham mumkin. 

Obyektiv tomon to‗liq amalga oshiriladi. 
14
Уголовное право России. Общая часть / Под ред. А.В.Наумова, С.И.Никулина. – М.: 
1995. – С. 43. 


69 
Kesik tarkibli jinoyat unga tayyorgarlik ko‗rish bosqichidayoq tamom 
bo‗lgan jinoyat sifatida baholanishiga qaramasdan, qonun chiqaruvchi bu haqda 
tushuntirish bermaydi
15

Ijtimoiy xavfli oqibat jinoyatning o‗ziga xos jihati bo‗lib, oqibatsiz jinoyat 
bo‗lmaydi va bo‗lishi mumkin ham emas. Biroq qonun chiqaruvchi buni JK 
Maxsus qismida har doim ham ko‗rsatavermaydi. Lekin yetkazilgan zararning 
xususiyati va hajmi, ko‗lami tergov va ishni sudda ko‗rish paytida majburiy 
xarakter kasb etadi. Qilmishda jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlashda yoxud 
qilmishni kvalifikatsiya qilishda har doim ham oqibat talab qilinavermaydi. 
Yuqorida qayd etilganidek, jinoyat obyektiv tomonida ijtimoiy xavfli oqibat 
nazarda tutilgani yoki yo‗qligiga qarab jinoyat tarkiblari moddiy va formal 
tarkibga ajratiladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda oqibat obyektiv tomon zaruriy 
belgisi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar oqibat yuz bergan paytdan tamom bo‗lgan 
hisoblanadi. Masalan, qilmishni JKning 173-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish 
uchun o‗zganing mulki qasddan nobud qilinishi yoki unga ancha miqdorda zarar 
yetkazilishi lozim. 
Formal tarkibli jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli oqibat yuz 
berishini talab qilmaydi. Bunday tarkibli jinoyatlarda oqibat mavjudligi muqarrar 
holat sifatida qaraladi, lekin uning yuz bermaganligi jinoyat tarkibi belgilaridan 
tashqarida yuz beradi (biroq, jazo tayinlashda inobatga olinadi). Bu holda jinoyat 
qonunida nazarda tutilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) amalga oshirilgan 
paytdanoq jinoyat tamomlanadi. 
Bu turdagi jinoyat tarkiblarining bu tarzda tuzilishi ijtimoiy xavfli 
oqibatlarning o‗ziga xos xususiyati bilan bog‗liq. Ularning ayrimlarini jinoyat-
huquqiy talabga javob beradigan darajada aniqlash imkonsiz (masalan, tuhmat, 
haqorat qilish, nomusga tegish, turar joy daxlsizligini buzish va boshq.), ayrim 
jinoyat tarkiblarida esa ijtimoiy munosabatlarga yetkazilgan zararni aniqlash 
mumkin (masalan, josuslik, poraxo‗rlik, odil sudlov va tergov ishlariga aralashish, 
aybsizligi ayon bo‗lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, qonunga xilof 
ravishda jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, dezertirlik va boshq.), boshqa hollarda 
qonun chiqaruvchi jinoyatning ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib jinoiy oqibat yuz 
berish bosqichini dastlabki jinoiy tajovuz bosqichiga ko‗chiradi (bosqinchilik va 
h.k.). 
Ijtimoiy xavfli oqibatni tavsiflashda, odatda qonun chiqaruvchi quyidagi ikki 
qoidadan birini qo‗llaydi: a) qonun matnida oqibatning hajmi (miqdori) va 
xususiyatini ko‗rsatadi; b) baholuvchi tushunchalardan foydalanadi. 
Birinchi vaziyatda jinoyat-huquqiy normada oqibat aniq tavsiflanadi. Bu 
dispozitsiyada yoki JK Maxsus qismi moddasiga ilovada keltiriladi. Bunday 
prinsipni, masalan, sog‗liq va hayot uchun xavfli va mulkka qarshi jinoyatlarda 
kuzatish mumkin. 
Ikkinchi vaziyatga ko‗ra, jinoyat qonunida ijtimoiy xavfli oqibatlarni 
nazarda tutuvchi umumiy qoidalar, ularni tavsiflovchi baholovchi tushunchalar 
keltirilgan. 
15
http://vse-temu.org/new-materialnyj-i-formalnyj-sostav-prestupleniya.html 


70 
Obyektiv tomon belgilarining to‗g‗ri aniqlanganligi jinoyatlarni boshqa 
huquqbuzarliklardan farqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
 
Bunday farq, birinchi navbatda, ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‗ra 
belgilanadi. 
Jinoyatlar 
boshqa 
(ma‘muriy, 
intizomiy 
va 
boshq.) 
huquqbuzarliklardan nisbatan yuqori ijtimoiy xavfliligiga ko‗ra farqlanadi. Jinoyat 
obyektiv tomonining jinoyat-huquqiy ahamiyatini yoritish, birinchi navbatda, 
uning jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni farqlash jarayonidagi ishtiroki bilan 
izohlanadi. 
Jinoyat obyektiv tomonining ijtimoiy xavflilik tushunchasi bilan aloqadorligi 
haqida so‗z yuritganda uning ijtimoiy xavflilikka hamda jinoiy qilmishga nechog‗li 
ta‘sir etishi bahsli sanaladi. 
Jinoyat obyektiv tomonining sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga 
ta‘siri jinoiy javobgarlikning asosi sifatida ikki muhim shart bilan xarakterlanadi. 
Birinchidan, bu jarayon qilmishning sifat jihatiga ta‘sir ko‗rsatadi, ikkinchidan, 
o‗zaro qarama-qarshi yo‗nalishda mavjud bo‗ladi: yoki qilmish ijtimoiy xavfli tus 
oladi, ya‘ni qilmish jinoyat sifatida baholanadi, bunda obyektiv tomon kriminal 
omil vazifasini bajaradi, yoxud u dekriminal omil vazifasini bajaradi, ya‘ni 
qilmishda ijtimoiy xavflilik yo‗qoladi. Bunga obyektiv tomonning har qanday 
belgisi – qilmishdan to sodir etish sharoitigacha ta‘sir qiladi. 
Jinoyat sodir etishda jinoyat subyekti turli usul va texnik vosita, mexanizm 
hamda moslamalardan foydalanishga urinadi. Qoida tariqasida, jinoyat har doim 
real sharoit ostida, belgilangan joy va vaqtda sodir etiladi. Bunday hollarda qonun 
chiqaruvchi tomonidan jinoyat sodir etish sharoitlari JK Maxsus qismi u yoki bu 
moddasi dispozitsiyalarida belgilab qo‗yilgan bo‗lsa, bu holat qilmishni 
kvalifikatsiya qilishga ta‘sir etadi. 
Fakultativ 
belgilar
moddaning 
dispozitsiyasida 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
ko‗rsatilgan hollardagina kvalifikatsiyaga ta‘sir qiladi. Boshqa hollarda ular garchi 
jinoyat-protsessual jihatdan aniqlanishi talab etilsada, jinoyat tarkibiga kirmaydi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish