Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


ozodlikdan mahrum qilish bilan bog„liq



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog„liq 
bo„lmagan jazolarga
: jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat 
ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‗yicha cheklash, ozodlikni cheklash, harbiy 
yoki maxsus unvondan mahrum qilish kiradi. 
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog„liq bo„lgan jazolarga
: intizomiy 
qismga jo‗natish, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
jazolari kiradi. 
Hozirda og‗ir, ayniqsa, fuqarolarni jamiyatdan ajratish bilan bog‗liq bo‗lgan 
jazolarning jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko‗rsatish 
o‗rinsiz ekanligini hayotning o‗zi isbotlamoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, 
unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og‗irligi va shafqatsizligiga emas
balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini 
nechog‗li anglashiga bog‗liq. O‗zbekiston Respublikasi JK 7-moddasida ―Jazo va 
boshqa huquqiy ta‘sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini 
kamsitish maqsadini ko‗zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan 
tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli 
bo‗ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llanilishi kerak‖ 
(insonparvarlik prinsipi) deyiladi. Ammo shaxsni jamiyatdan ajratish bilan bog‗liq 
jazolar qayd etilgan prinsipga qay darajada mos keladi, degan asosli savol 
tug‗ilishi mumkin. Zotan:
a) jazolash orqali insonni normal hayotiy sharoitlarga moslashtirishni maqsad 
qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish jazosi shaxsni jamiyatdan butunlay ajratib 
qo‗yadi;


150 
b) jazo jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashni, o‗sha shaxs va 
boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldini olishni maqsad 
qilib qo‗ygan holda, ozodlikdan mahrum qilish jazosi ularni boshqa jinoyatchilar 
guruhiga qo‗shib qo‗yadi, bu esa ularda tajriba almashish imkonini yaratadi;
d) jazoning maqsadi jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy foydali mehnat 
muhitiga o‗rgatish bo‗lgani holda, ozodlikdan mahrum qilish jazosi uni erkin 
hayotdan butunlay uzoq bo‗lgan muhitga joylashtiradi, natijada ozodlikka 
chiqqanidan keyin shaxsda yangi hayotida bar qancha muammolar (masalan, 
o‗ziga mos ish topib ishlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish, spirtli 
ichimliklarga ruju qo‗ymaslik va h.k.), tug‗iladi boshqacha aytganda, mahkumni 
passiv hayot tarziga o‗rgatib qo‗yadi. 
Shu nuqtayi nazardan respublikamizda shaxsni ozodlikdan mahrum qilishga 
muqobil bo‗lgan jazolardan samarali foydalanishga qaratilgan islohotlar olib 
borilmoqda. Jumladan, bugungi kungacha JK 48-moddasida qamoq jazosi nazarda 
tutilgan bo‗lsa, 2017-yil 29-martdagi ―Fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar 
qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonunga muvofiq 
JKdan mazkur jazo turi chiqarib tashlandi. 
Qolgan jazo choralarini ozodlikni faqat cheklaydigan jazolar tashkil etadi. 
Ushbu jazo choralari o‗zining jazolovchi ta‘siri hajmiga ko‗ra boshqa jazo 
choralaridan ancha farq qiladi. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq bo‗lmagan 
ko‗p sonli jazo choralari orasida hozirgi vaqtda jarima hamda tarbiyaviy ta‘sir 
ko‗rsatish bilan bog‗liq jazolar alohida o‗rin egallaydi. Mazkur jazo choralarini 
amalga oshirish uncha ko‗p mablag‗ talab qilmaydi, bundan tashqari, ular 
mahkumni jamiyatdan ajratmasdan, demak, uning jamiyat, o‗z oilasi bilan ijtimoiy 
foydali aloqalarini uzmasdan axloq tuzatish maqsadlariga erishish imkonini beradi 
va ayrim hollarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq jazolarga qaraganda 
samaraliroq ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Jazolarni yuridik mazmuniga ko‗ra tasniflash ham muhim ahamiyatga ega. 
Afsuski, adabiyotlarda mahkumga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish tushunchasining 
yagona ta‘rifi mavjud emas. Har bir ta‘rifni keltirish va tahlil qilishga berilmasdan, 
shuni ta‘kidlab o‗tishni istar edikki, mahkumga tarbiyaviy ta‘sir yoki axloq tuzatish 
ta‘siri ko‗rsatish deganda, bizning nazarimizda, ishontirish va majburlash 
usullarining o‗ziga xos uyg‗unligida mahkumga ta‘sir ko‗rsatish jarayonini 
tushunmoq kerak.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga binoan, 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish