144
Agar shaxs jinoyat emas, balki boshqa huquqbuzarlik sodir etgan bo‗lsa, unga
nisbatan boshqa huquqiy ta‘sir ko‗rsatish choralari qo‗llaniladi.
Jinoiy jazo sodir
etilgan jinoyatning huquqiy oqibati hisoblanadi va umumiy qoidaga ko‗ra
qilmishning og‗irligi va ijtimoiy xavflilik darajasiga mos kelishi kerak.
Jazo har doim individual xususiyatga ega bo‗ladi.
U faqat jinoyatchining
o‗ziga tayinlanadi.
Ayni vaqtda, jazo, jinoyat sodir etgan shaxsga
nisbatan davlat tomonidan
qo‗llaniladigan o‗ziga
xos majburlov shakli sifatida,
huquqiy cheklashning
muayyan shaklini qo‗llash
bilangina cheklanmaydi,
balki jinoyatchilarga
tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish maqsadini ham ko‗zlaydi.
Jinoiy jazoda jazolashning roli va ahamiyati jazoning
maqsadlari haqidagi
ta‘limotning eng bahsli masalalaridan biridir.
O‗zbekiston Respublikasida jinoiy jazo qasos olish uchun qo‗llanilmaydi. U
muayyan tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Jinoiy jazo:
Do'stlaringiz bilan baham: