113
vositalarning tayyorlanishi,
ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o‗rtasidagi
vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta‘minlash, guruhda
o‗rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko‗rsatmalariga bo‗ysunishlik jinoiy
guruhning uyushganligidan dalolat beradi‖ deb mustahkamlangan. Uyushgan
guruhning yana bir o‗ziga
xos xususiyati ushbu guruhda, albatta, tashkilotchi
bo‗ladi. Ya‘ni guruh faoliyatini tartibga solib, vazifalarni belgilab, jinoiy faoliyatni
amalga oshirishni boshqarib turadi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan
shug‗ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. Jinoiy
uyushma ishtirokchilik shakllari orasida eng xavfliligi bilan ajralib turadi. Bunda
ikki yoki undan ortiq uyushgan guruh jinoiy faoliyat olib borish uchun birlashadi.
Jinoiy uyushmada uyushgan guruhning barcha alomatlari mavjud bo‗ladi. Bundan
tashqari,
jinoiy
uyushmaning
rahbari
uyushgan
guruhlar
faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi. Bundan tashqari jinoiy uyushma tashkil etishning o‗zi
Jinoyat kodeksi maxsus qismi bo‗yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ya‘ni
jinoiy uyushma tashkil etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‗lgan hisoblanadi.
jinoiy
uyushma tashkil etish, ya‘ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‗linmalarini
tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek ularning mavjud bo‗lishi va ishlab
turishini ta‘minlashga qaratilgan faoliyat Jinoyat kodeksining 242-moddasining
1-qismi bo‗yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jinoiy uyushmaning ijtimoiy
xavfligi yuqoriligidan kelib chiqib, qonunchilikda jinoiy
uyushma tashkil etilgan
vaqtdan boshlab jinoyat sifatida baholangan hamda jinoiy uyushmaning jinoyat
sodir etgan yoki etmaganligidan qat‘iy nazar jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ta‘kidlash lozimki, Jinoyat kodeksi Umumiy qismida belgilangan
ishtirokchilar turlari va shakllari bilan bir qatorda Jinoyat kodeksining Maxsus
qismi moddalarida ―bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir
etilgan bo‗lsa‖, ―bir guruh shaxslar tomonidan‖, shuningdek ―oldindan til biriktirib
yoki bir guruh shaxslar tomonidan‖ kabi og‗irlashtiruvchi belgilar mavjud.
Agar Jinoyat kodeksining Maxsus qismida og‗irlashtiruvchi
holat sifatida
―bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‗lsa‖ deb
nomlanuvchi og‗irlashtiruvchi holat mavjud bo‗lsa, ammo jinoyat bir guruh
shaxslar tomonidan oldindan til biriktirmay sodir etilgan bo‗lsa, Jinoyat
kodeksining maxsus qismidagi og‗irlashtiruvchi belgi bilan kvalifikatsiya qilib
bo‗lmaydi.
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddalaridagi ―bir guruh shaxslar
tomonidan‖ og‗irlashtiruvchi belgisi oldindan til biriktirishni
ham oldindan til
biriktirmaslikni ham qamrab oladi. Masalan, Oliy sud Plenumining ―
Do'stlaringiz bilan baham: