Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Jinoyatni sodir etish uchun sharoit yaratish deganda



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
Jinoyatni sodir etish uchun sharoit yaratish deganda
jinoiy reja tuzish, 
jinoyat quroli, vositasini tayyorlash, moslashtirish, izlash, jinoyat ishtirokchilarini 
izlash, ular bilan til biriktirish, jinoyat ishtirokchilari o‗rtasida vazifalarni 
taqsimlash va boshqalar kiradi.
Jinoyatni yashirish uchun sharoit yaratish deganda
jinoiy yo‗l bilan qo‗lga 
kiritilgan ashyolarni yashirish, sotish yoki o‗tkazish yo‗llarini izlash, guvohlardan 
qutilish, jinoiy javobgarlikdan qutulish yo‗llarini o‗ylash va zarur chora-tadbirlarni 
amalga oshirish va hokazolar kiradi. Demak, jinoyat sodir etilishi yoki yashirish 
uchun qaratilgan qilmishlar jinoyat sodir etishni yengillashtirish, osonlashtirish, 
jinoyatni puxta amalga oshirish maqsadida bajariladi. 
Jinoyat ishtirokchilarini topish 
jinoiy qilmishni amalga oshirish uchun 
ishtirokchilar, sheriklarni tanlash, yollash va boshqacha tarzda jalb etish 
hisoblanadi. Jinoyat ishtirokchilarini topish asosan jinoyat ishtirokchisi tomonidan 
amalga oshirilib, jinoyat ishtirokchilari bilan yaqin aloqada bo‗lish, unda jinoyatni 
sodir etish istagini uyg‗otish, ishtirokchilarning vazifalarini taqsimlash va 
hokazolarda ifodalanadi.
 
Jinoyat sodir etishga til biriktirish
deganda jinoiy javobgarlik yoshiga 
yetgan ikki yoki undan ortiq shaxsning bir yoki bir necha jinoyat sodir etish 
haqidagi o‗zaro kelishuvidir. Jinoyat sodir etishga til biriktirish belgilari 
quyidagilardan iborat: ikki yoki undan ortiq shaxslarning bir yoki bir necha 
jinoyatni sodir etishga yo‗naltirilgan umumiy maqsadi; muayyan jinoyat obyektiv 
tomoni sodir etilishidan avval til biriktirilganlik; tayyorgarlikning aybdor 
shaxslarning irodasiga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga ko‗ra to‗xtatilgan bo‗lishi 
lozim.
Jinoyat quroli yoki vositasini izlash
deganda izlashning har qanday qonuniy 
yoki noqonuniy usuli nazarda tutiladi: sotib olish, almashtirish, hadya, vaqtinchalik 
foydalanish, shuningdek o‗g‗rilik yoki bosqinlik yo‗li bilan ega bo‗lish. Masalan, 
jinoiy qasdni amalga oshirish uchun o‗qotar qurol yoki sovuq qurolni o‗g‗irlash. 
Bunda jinoyat quroli yoki vositasini izlash yoki qo‗lga kiritish usuli ahamiyatga 
ega bo‗lmay, asosiysi jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish maqsadi hisoblanadi. 


103 
Shaxsning qasdi jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish harakatlarini sodir etishdan avval 
paydo bo‗lgan bo‗lishi kerak.
Jinoyat sodir qilish quroli yoki vositasini tayyorlash
– jinoyat vositasi va 
qurolini yaratishning texnologik jarayoni bo‗lib, buning natijasida qurol yoki 
vosita yaroqli holatga keltiriladi. Vosita va qurollarni moslashtirishdan farqli 
ravishda, bunda ularning yaratilishi nazarda tutiladi. Shaxsning jinoiy niyati 
mazkur harakatlarni sodir etishdan avval yuzaga kelishi lozim. Sanoat asosida yoki 
kosibchilik orqali yoxud qo‗lda yasash (masalan, o‗qotar qurol, sovuq qurol, kalit, 
soxta hujjatlar va hokazolar) kabilarni kiritish mumkin. 
Jinoyat sodir etish quroli yoki vositasini moslashtirish 
– shaxs jinoiy 
niyatini amalga oshirishda foydalanishi mo‗ljallagan ma‘lum predmetlarga 
muayyan shakl berish, qayta ishlash. Masalan, odam o‗ldirish uchun ochqichdan 
foydalanish, o‗g‗rilik maqsadida xonaga kirish uchun kalitni egovlab qulfga 
tushadigan qilib moslashtirish.
Jinoyatni sodir etishga qasddan sharoit yaratuvchi boshqa harakatlar
– 
jinoyat vositasi yoki qurolini izlash, moslashtirish va tayyorlash, shuningdek 
jinoyat ishtirokchilarini topish, til biriktirish tarkibi bilan qamrab olinmagan, biroq 
ularning sodir etilishi natijasida jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur sharoit 
yaratiladigan harakatlar nazarda tutiladi. Xususan, qorovulning itga zahar berishi
bankning kun tartibini o‗rganish, omborxonani qo‗riqlayotgan shaxs e‘tiborini 
chalg‗itish, jinoiy harakat rejasini ishlab chiqish, o‗g‗irlangan mol-mulkni saqlash 
uchun yashirish joyni qidirish, uy egalarini uyda bo‗lish va ketish vaqtini aniqlash 
va h.k. Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rishning boshqa shakllari turli-tuman bo‗lishi 
mumkin. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rishning ba‘zi shakllari ijtimoiy xavflilik 
xususiyatiga ega bo‗lib, mustaqil tarkibli tamom bo‗lgan jinoyatni hosil qiladi. 
―O‗qotar qurol, o‗q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari 
qonunga xilof ravishda boshqa jinoyatni sodir etish maqsadida egallangan, 
shuningdek tayyorlangan, olingan, olib yurilgan, saqlangan hollarda sodir etilgan 
qilmish tugallangan jinoyat (Jinoyat kodeksining 247 yoki 248-moddasi) va 
boshqa jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik tariqasida kvalifikatsiya qilinishi shart.. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish