8.2. Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi Shaxsning aqli raso ekanligining mezonlari O‗zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 18-moddasi 1-qismida ko‗rsatilgan.
Aqli raso shaxs – shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida o‗z harakati (yoki
harakatsizligi)ning xususiyati va ijtimoiy xavfliligini anglagan va o‗z harakatlarini
boshqara olgan jinoyatning subyekti hisoblanadi.
Aqli noraso shaxs – shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida o‗z harakatlari
(yoki harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini va uning ijtimoiy xavfli oqibatini
anglay olmaydigan va o‗z harakatlarini boshqara olmagan shaxs bo‗lib, aqli noraso
shaxs jinoyatning subyekti bo‗la olmaydi. Biroq, JK 18
1
-moddasi 1-qismiga ko‗ra
jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‗z harakatlarining
(harakatsizligining) ahamiyatini to‗liq darajada anglay olmagan yoki ularni
boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat huquqida shaxsni aqli noraso deb topish uchun quyidagi mezonlar
bo‗lishi talab qilinadi. Ularga:
-