3.2. Jinoyatlarni tasniflash Jinoyatlarni u yoki bu belgilariga qarab turkumlarga (guruhlarga) ajratish
jinoyatlarni tasniflash deb aytiladi. Jinoyatni tasniflashda ularning u yoki bu
belgilari mezon sifatida olinadi yoki O‗zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida
jinoyatlarni tasniflashning ikki turi nazarda tutilgan.
1. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash; 2. Jinoyatlarni obyektga qarab tasniflash. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash masalasi
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasida o‗z yechimini
topgan. Bu moddada belgilanishicha, JKning Maxsus qismida nazarda tutilgan
barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab to‗rtta turkumga bo‗lingan.
Bular:
1) ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoyatlar;
2) uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyatlar;
3) og‗ir jinoyatlar;
4) o‗ta og‗ir jinoyatlar.