Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Ozodlikdan mahrum qilish jazosi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Ozodlikdan mahrum qilish jazosi. 
Jinoiy jazo tizimida og‘ir jazolardan 
biri ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodir. Ushbu jazo
 
mahkumni 
jamiyatdan ajratib, uni jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishda 
ifodalanadi. 
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati bir oydan yigirma 
yilgacha etib belgilanadi. 
Shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan yigirma yildan ortiq, 
lekin yigirma besh yildan ko‗p bo‗lmagan muddatga ham ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Bu uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish 
hisoblanadi. Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‗ldirish (97-moddaning ikkinchi 
qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 50-moddasiga ko‗ra uzoq muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi ayolga, o‗n sakkiz yoshga to‗lmasdan jinoyat sodir etgan 
shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas. 
Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir necha jazolarni 
qo‗shish tartibida tayinlanganda ham, uning muddati yigirma besh yilgacha 
belgilanishi mumkin. 
Shu o‗rinda, qayd etish kerakki ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan 
erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan ozodlikdan mahrum etish jazosi muddati 
shaxs javobgarlikka tortilgan normada ko‗rsatilgan ozodlikdan mahrum etish jazosi 
eng ko‗p muddatining uchdan ikki qismidan ortib ketishi mumkin emas. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: 
– ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir 
etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‗lmagan jinoyat sodir etganlik 
uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda; 
– qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‗ta og‘ir jinoyati uchun birinchi 
marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy 
tartibli koloniyalarda; 
– ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazoni o‗tab chiqib yoki o‗tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir 
etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli 
koloniyalarda; 
– 
o‗ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda 
o‗tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar
shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan 
mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o‗taydilar. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan: 


158 
– ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat 
sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‗lmagan jinoyat sodir etganlarga 
nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
– og‘ir va o‗ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 
– 
ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‗tab chiqib, yangi 
sodir etgan o‗ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‗ta 
xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda 
o‗tash tayinlanadi. 
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning 
muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‗p bo‗lmagan muddatga: 
– 
o‗ta xavfli retsidivistlarga; 
– 
og‘ir yoki o‗ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi 
mumkin. 
Ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan 
jinoyat sodir etgan yoki ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan 
uncha og‘ir bo‗lmagan jinoyat sodir etgan: 
– 
homilador ayollarga;
– 
uch yoshga to‗lmagan bolalari bor ayollarga;
– 
yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‗lgan shaxslarga nisbatan 
tayinlanmaydi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish