Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyatga daxldorlik va uni ishtirokchilikdan farqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

11.5. Jinoyatga daxldorlik va uni ishtirokchilikdan farqi 
Jinoyat sodir etilishida ishtirok etmagan, ammo unga aloqador shaxslar ham 
bo‗lishi mumkin. Buni jinoyat qonunchiligida jinoyatda daxldorlik deb ataladi. 
Jinoyatga daxldor shaxs jinoyat sodir etilishida ishtirok etmaydi, jinoiy 
oqibatni kelib chiqishiga ko‗maklashmaydi, jinoyat ishtirokchilari bilan oldindan 
kelishmaydi. Jinoyatga daxldorlikni ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyatga daxldor 
bo‗lgan shaxsni jinoyat haqida xabar bermasligi jinoyatni oldini olish yoki 
jinoyatni fosh etish imkoniyatini murakkablashtiradi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki 
jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va‘da bermagan holda, 
hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 155

va 241-
moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‗ladi. 
Ya‘ni Jinoyat kodeksining 155
1
-moddasida tayyorlanayotgan yoki sodir 
etilgan terrorchilik harakatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va faktlarni xabar 
qilmaslik uchun javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining 155, 155
2
, 155
3
, 158, 
159, 161, 242, 245, 254, 255
1
va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan
dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq 
ma‘lum bo‗lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega 


117 
jinoyat to‗g‗risida xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik sifatida javobgarlikni 
keltirib chiqaradi.
Ushbu normaning mazmuni shundaki yuqorida keltirilgan Jinoyat 
kodeksining maxsus qismidagi tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik 
harakatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va 
vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‗l bilan qo‗lga kiritilgan narsalarni 
oldindan va‘da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida 
nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‗ladi. Ya‘ni, Jinoyat 
kodeksining 241-moddasiga asosan, tayyorgarlik ko‗rilayotgan yoki sodir etilgan 
og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik, og‗ir yoki 
o‗ta og‗ir jinoyatlarni oldindan va‘da bermasdan yashirish uchun javobgarlik 
belgilangan. Jinoyatga daxldorlikni jinoyatda ishtirok etganlikdan asosiy farqi 
jinoyat ishtirokchilarida jinoyat tamom bo‗lgunga qadar kelishish, oldindan va‘da 
berish bo‗ladi. Jinoyatga daxldorlikda esa oldindan va‘da berish mavjud 
bo‗lmaydi. 
Oldindan va‘da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki 
jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining 
yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. Yaqin qarindoshlar tushunchasi 
jinoyat kodeksining 8-bo‗limida keltirilgan bo‗lib, unga ko‗ra yaqin qarindoshlar – 
qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‗lgan shaxslar, ya‘ni ota-ona, 
tug‗ishgan va o‗gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan 
farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, 
tug‗ishgan va o‗gay aka-uka va opa-singillari tushuniladi. 
Jinoyatga daxldorlik qasddan sodir etiladi. Shaxs og‗ir yoki o‗ta og‗ir 
jinoyatni yashirayotganligini, o‗z harakatlari ijtimoiy xavfliligini anglaydi. Shaxs 
og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat tayyorlanayotganligi haqida bilgan holda oldindan 
va‘da bermasdan xabar bermaganligi natijasida jinoyat sodir etiladi. Ya‘ni jinoyat 
sodir etilishiga yo‗l qo‗yib beradi. Jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga 
qarshi kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim tomonidan jinoyat sodir 
etilishiga oldindan va‘da bermagan holda yo‗l qo‗yib berilishi alohida jinoyat 
tarkibini beradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 208-moddasi bo‗yicha hokimiyat 
harakatsizligi jinoyati uchun javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur jinoyat 
qasddan sodir etiladi. Agar jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga qarshi 
kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim oldindan va‘da bergan holda jinoyat 
sodir etilishiga yo‗l qo‗ygan bo‗lsa, unda uning harakatlari jinoyatda 
ishtirokchilikni keltirib chiqaradi. Jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga qarshi 
kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim tomonidan har qanday jinoyatni 
sodir etilishiga oldin va‘da bermagan holda yo‗l qo‗yilishi jinoiy javobgarlikni 
keltirib chiqaradi. 
Jinoyatda daxldorlikni jinoyat yordamchisidan asosiy farqi jinoyatda daxldor 
shaxs jinoyat sodir etilishida ishtirok etmaydi. Jinoyat yordamchisi esa jinoyat 
sodir etilishida ishtirok etadi. 


118 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish