Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

11.4. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi 
Jinoyat kodeksining 30-moddasida jinoyatda ishtirok etganlik uchun 
javobgarlik doirasi belgilangan. Jinoyat ishtirokchililari bo‗lgan tashkilotchi, 
dalolatchi va yordamchilar ham Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bajaruvchini 
javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‗yicha javobgarlikka tortiladilar. 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning o‗ziga xosligi 
jinoyat kodeksining ayrim moddalarida jinoyatning og‗irlashtiruvchi holat sifatida 
qayd etilgani bilan ham izohlash mumkin. 
Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning 
tashkilotchilari hamda a‘zolari tayyorgarlik ko‗rilishi yoki sodir etilishida o‗zlari 
qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. Oldindan til 
biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda 
a‘zolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati 
va xabardorligi, umumiy maqsadlari birligi talab etiladi. Uyushgan guruh 
a‘zosining yakka o‗zi tomonidan boshqa a‘zolarning jinoiy niyati bilan qamrab 
olinmagan jinoyati uchun faqat o‗sha uyushgan guruh a‘zosining o‗zi 
javobgarlikka tortiladi. Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki 
ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha 
jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan 
bo‗lsa, javobgarlikka tortiladilar. 
Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish 
uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‗ladi. Ya‘ni ishtirokchilikda sodir etilgan 
jinoyat ishtirokchilarining qasdi boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan uyg‗un 
bo‗lishi talab etiladi. bajaruvchi tomonidan boshqa ishtirokchilarning jinoyatidan 
tashqari boshqa bir jinoyatning sodir qilinishini ―eksess bajaruvchi‖ deb aytamiz. 
Ya‘ni ekstsess bajaruvchi qilmishi boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan uyg‗un 
bo‗lmaydi. Boshqa ishtirokchilarning erki-irodasidan tashqari sodir etiladi. 
Masalan, o‗g‗rilikka xonadonga kirgan bir guruh shaxslardan biri boshqa 
ishtirokchilarning jinoiy niyatidan tashqari xonadon egasiga tan jarohati yetkazadi. 
Bunday holda boshqa ishtirokchilar yetkazilgan tan jarohati uchun javobgarlikka 
tortilmaydilar. Shuningdek, tan jarohati yetkazilish holati bo‗yicha bajaruvchining 
harakatlari yakka holda sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 


116 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda barcha 
ishtirokchilarning jinoiy niyati uyg‗unligi talab etilishini yuqorida qayd etdik. 
Masalan, jinoyat dalolatchisi qasddan odam o‗ldirish jinoyatini sodir etish haqida 
jinoyat jabrlanuvchisini homiladorligini bila turib bu haqida bajaruvchiga 
aytmagan bo‗lsa, bajaruvchi jinoyat sodir etish jarayonida jabrlanuvchining 
homiladorligini bilmagan bo‗lsa, bunday holda bajaruvchi homiladorligi aybdorga 
ayon bo‗lgan ayolni qasddan o‗ldirganlik belgisi bo‗yicha javobgarlikka 
tortilmaydi. Jinoyat dalolatchisi esa homiladorligi aybdorga ayon bo‗lgan ayolni 
qasddan o‗ldirganlik belgisi bo‗yicha javobgarlikka tortiladi. 
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, 
jinoyatning oldini olish uchun o‗ziga bog‗liq bo‗lgan barcha choralarni o‗z vaqtida 
ko‗rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi. Ya‘ni 
tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyat bajarvchisi jinoyatni sodir etishning 
obyektiv tomoni boshlangunga qadar jinoyat sodir etilishini oldini olish uchun 
o‗ziga bog‗liq bo‗lgan barcha harakatlarni bajarishi hamda jinoyatni oldini olishni 
barcha choralarini ko‗rgan bo‗lishi talab etiladi. Ya‘ni yuqoridagi shaxslar jinoyat 
bajaruvchisini jinoyat sodir etish harakatidan qaytarish bo‗yicha barcha zarur 
choralarni ko‗rishi, hokimiyat organlariga xabar qilgan bo‗lishi shart. Tashkilotchi, 
dalolatchi yoki yordamchi og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 
ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‗ziga bog‗liq bo‗lgan barcha 
choralarni o‗z vaqtida ko‗rgan bo‗lsa, ammo bu haqida tegishli organlarga xabar 
bermasa, yuqoridagi shaxslar jinoyatga daxldorlik bo‗yicha qonunda belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish