Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi modulidan Oraliq nazorat ishi Bajardi: Xususiy huquq fakulteti Fuqarolik biznes yo’nalishi a patok 1-guruh talabasi : Xolmirzayev Suxail Qabul qildi: N. Imomov



Download 39,8 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi39,8 Kb.
#602278
Bog'liq
SUXAIL FUQAROLIK HUQUQI 1



Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik huquqi modulidan
Oraliq nazorat ishi
Bajardi: Xususiy huquq fakulteti Fuqarolik biznes yo’nalishi
A Patok 1-guruh talabasi : Xolmirzayev Suxail

Qabul qildi: N. Imomov


2022-YIL

Nazariy savol


Kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanishi munosabati bilan kontraktatsiya shartnomasini alohida shartnomaviy konstruksiya hisoblanmaydi. Muhokama qiling.
Nazariy savolga javob :
Kontraktatsiya shartnomasi tushunchasi o’zi nima ?
Kontraktatsiya shartnomasi qishloq xoʻjaligi sohasidagi oldi-sotdi shartnomasi turlaridan biri hisoblanadi. FKning 465-moddasida ko’rsatib o’tilgan, unga koʻra qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi shaxs oʻz mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun harid qiladigan tayyorlovchiga kelishilgan muddatda topshirish, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish, haqini kelishilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash majburiyatini oladi. Kontraktatsiya shartnomasi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Ushbu shartnomani tuzish va bajarishda tomonlarning har biri boshqa tomonning xo‘jalik hisobi manfaatlariga rioya qilishi, o‘z majburiyatlarini eng tejamli tarzda bajarishi, majburiyatning zarur darajada bajarilmasligi munosabati bilan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish yoki kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishi, bu chora-tadbirlar to‘g‘risida ikkinchi tomonni o‘z vaqtida xabardor qilishi hamda majburiyatlarni bajarishda unga ko‘maklashishi kerak. Shartnomada, agar tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlagan taqdirda bajarilgan hisoblanadi. Shuningdek ushbu shartnomada barcha oldi-sotdi shartnomalariga mos bo‘lgan umumiy jihatlar ya’ni FK 386-moddasida ham kontraktatsiya shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi bo‘lib yuridik shaxs , bularga hozirgi kunda asosan, fermer xo‘jaliklari kiradi yoki tadbirkorlikni ushbu turi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs, shu jumladan dehqon xo‘jaligi rahbari bo‘lishi mumkin. Tayyorlovchi sifatida esa, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan tadbirkor hisoblanadi. Shartnomada belgilangan taraflarga oid qoidadan sotib olish kontraktatsiyaning maqsadi yaʼni, qishloq xo‘jaligi mahsulotini tadbirkorlik faoliyatida yoki ushbu mahsulotni shaxsiy, oilaviy, ro‘zg‘or maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish lozimligi kelib chiqadi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi singari kontraktatsiya shartnomasi ham tadbirkorlik, yaʼni tadbirkorlik faoliyatida qo‘llaniladigan shartnoma sifatida ko‘rish mumkin.
Kontraktatsiya shartnomasini tuzish bevosita xo‘jaliklarda amalga oshiriladi, tayyorlovchi xo‘jalikka vakolatli vakilini yuborishga majburdir, shartnomalar tomonlarning kelishuviga ko‘ra 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladi. Tayyorlovchi kontraktatsiya shartnomasi loyihalarini xo‘jaliklarga, agar ular turli viloyatlarda bo‘lsalar hamda shartnoma tuzishga rozi bo‘lsalar, pochta orqali yuborishga haqlidir. Xo‘jalik tayyorlovchining vakili xo‘jalikka kelgan kundan boshlab yoki shartnoma loyihasi pochta orqali olingandan keyin 7 kun mobaynida shartnomani imzolashga va uni tayyorlovchiga qaytarishga majbur hisoblanadi . Agar shartnoma shartlari bo‘yicha xo‘jalikda e’tirozlar paydo bo‘lsa, xo‘jalik xuddi o‘sha muddatda kelishmovchiliklar bayonini tuzadi va imzo chekilgan shartnomani kelishmovchiliklar bayonining ikki nusxasi bilan birgalikda tayyorlovchiga yuboradi. Kontraktatsiya shartnomasida u kelishmovchiliklar bilan imzolanganligi ko‘rsatiladi, bu haqda Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga albatta ma’lum qilinishi kerak. Tayyorlovchi kelishmovchiliklar bayonini olgach 5 kun mobaynida uni ko‘rib chiqishga, qabul qilingan barcha takliflarni shartnomaga kiritishga, nizoli masalalarni esa xuddi o‘sha muddatda ko‘rib chiqish uchun nizo tegishli bo‘lgan xo‘jalik sudiga berishga majburdir. Kontraktatsiya shartnomasining oʼziga xos xususiyati boʼlib topshiriladigan tovar hisoblanadi. Ushbu xususiyatlar quyidagilarda koʼrinadi: birinchidan, ushbu tovarlar kelgusida yetishtiriladi don, paxta va h.k; ikkinchidan, yetishtirish qishloq xoʼjaligi mahsulotini ishlab chiqarishning turli bosqichlari, yaʼni urugʼ ekish, yer haydash va h.k.lar, ayrim hollarda esa, qishloq xoʼjaligi mahsulotini yetishtiruvchi erk irodasiga bogʼliq boʼlmagan qurgʼoqchilik, suv toshqini va h.k. bilan bogʼliq boʼladi. Ushbu xususiyatlardan shartnoma tuzish vaqtida mavjud boʼlgan va ijro qilishdagi holatlar bir biriga mos kelmasligi va vaqt oraligʼi oʼtishga ulgurganligi, topshiriladigan qishloq xoʼjaligi mahsuloti aniq raqamlarda ifodalab boʼlmasligi hamda yetishtiriladigan tovarlar assortimenti esa, qoida tariqasida tayyorlovchi tomonidan urugʼ yerga ekilgunga qadar aniqlanishi kelib chiqadi. Shartnomaning ushbu belgilaridan qishloq xoʼjaligi mahsulotini yetishtiruvchining mahsulot topshirish majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik xususiyatlari kelib chiqadi. Mahsulotni tashish xarajatlari yo‘lning butun masofasi uchun qoplanadi. Kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha xarajatlar mahsulot yetishtiruvchidan jo‘natilgan joydan boshlab, shartnomada nazarda tutilgan qabul qilish punktigacha qoplanadi. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha xarajatlar mahsulotni qabul qilish punktidan shartnomada nazarda tutilgan yetkazib berish joyigacha qoplanadi. Yetishtiruvchilarning transportda tashish va tushirish xarajatlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalar va tariflar bo‘yicha yoxud tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi. Tayyorlov tashkilotining qo‘shimcha talablariga rioya qilgan holda mahsulot jo‘natish bilan bog‘liq shartnomada belgilanmagan xarajatlar tegishli ravishda tayyorlovchi hisobiga to‘lanadi. Tayyorlov tashkiloti tomonidan standart talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek qonunga muvofiq qo‘yiladigan talablarga (konditsiyaga) muvofiq bo‘lmagan mahsulot qabul qilingan taqdirda qo‘shimcha ravishda sortlarga ajratish tayyorlovchi tomonidan bajariladi, ishlarni bajarish bo‘yicha xarajatlar esa qo‘shimcha bitim bo‘yicha qoplanadi. Xo‘jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasidagi oldindan haq to‘lash va yakuniy hisob-kitoblar shartnomada va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshirilishi belgilangan.
Kontraktsiya shartnomasining huquqiy munosabatlari haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo bo'ladigan munosabatlarni tartibga solib, ularni xududiy tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limlarida ro'yxatdan o'tkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibotlarini qamrab oladi .
Shu jumladan, xo'jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotish, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish ishlarni bajarish yuzasidan tuzilgan barcha turdagi shartnomalar tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limlarida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin bajarilishi kerak. Tuman hamda shahar hokimliklari o'z vakolatlari doirasida xo'jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Kontraktasiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish ishlarni bajarish yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo'jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuzilishi lozim. Kontrakatiya shartnomalar tuzilish jarayonida tuman Fermerlar kengashining shartnomaviy munosabatlari bo'yicha mutaxassilari ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limi uchun bir nusxadan tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega bo'ladi.

Kazus
“Binobilding” MChJ va “Bilaks” АJ oʼrtasida tuzilgan pudrat shartnomasiga koʼra, MChJ 2015 yil 25 martdan binoni qurilish ishlarini boshlashi va uni 2016 yil 25 martga qadar yakunlab berishi kerak edi. Shartnoma boʼyicha bajarilgan ishlar bahosi 2 000 0000 0000 soʼmni tashkil etardi. Biroq 2016 yil 25 aprelga qadar ham qurilish ishlarini boshlamadi. Shundan soʼng АJ MChJni sudga berib neustoykani va oʼziga yetkazilgan zararni undirish hamda qurilishni bajarish majburiyatini yuklashdi soʼradi. Uning fikricha, neustoykaning miqdori 400 000 000 soʼmni zarar esa 100 000 000 soʼmni tashkil etadi.


Oʼz navbatida, MChJ bunga eʼtiroz bildirib, qurilish ishlarida, pudratchiga nisbatan penyani qoʼllash mumkin emasligi, qurilish kechikkanligi uchun faqat buyurtmachi oʼzi toʼlaydigan ish haqidan chegirib qolishi mumkinligini, penya va zarar odatda mahsulot yetkazib berishga oid shartnomalarda qoʼllanilishi, shu sababli bu vaziyatda neustoyka hamda zararni undirish haqida gap boʼlishi mumkin emasligi, qolaversa, agar nestoyka va zararni undirish talabi qoʼyiladigan boʼlsa, qurilish ishlarini davom ettirish xususida talab qoʼyish noqonuniy ekanligi bildirdi.
Sud qanday qaror chiqarishi lozim.

Kazusga javob :


Ushbu kazusga javob berar ekanmiz avvalombor masalaga aloqador bo’lgan holatlar bilan avvalidan tanishib chiqishimiz zarur. Bunda birinchi bo’lib shartnoma tushunchasi va uning turlariga to’xtalib o’tsak. FKning 8-moddasi talabiga ko`ra, shartnomalar taraflar o`rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o`zaro kelishuvidir. Shartnoma atamasi uch ma'noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to`g`risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to`g`risida o`zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda u o`zining birinchi ma'nosi – yuridik fakt sifatida ko`riladi va o`rganiladi. Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik faktlar umumiy qoida bo`yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish bilan tugallansa, shartnoma mazkur yuridik faktlardan farq qilib, huquqiy munosabatni belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq normalari bilan belgilangan doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi.
Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o`rtasida huquq va majburiyatlarning o`zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalarga bo`linadi.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo`linadi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo`linadi.
Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo`lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Endi bevosita pudrat shartnomalari haqida fikr bildirib o’tsak. Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
Pudrat shartnomasining quyidagi turlari mavjud:
-maishiy pudrat
-qurilish pudrati
-loyihalash va qidiruv ishlari pudrati
-ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati.
Biz muhokama etayotgan holatda qurilish pudrati to’g’risidagi holat muammoga aylanmoqda. Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o‘z zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi.
Bizdagi asosiy muammo majburiyatni o’z muddatida bajarilmaganligi masalasidir. Fuqarolik Kodeksining 244-moddasiga ko’ra, agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holatlar yuzaga kelganda esa majburiyatni bajarilishini taminlash asoslariga murojaat etiladi. Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi muddatlari ko‘rsatiladi. Taraflar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishni bajarishning boshlang‘ich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Pudratchining o’z majburiyatini muddatida bajarmaganligi majburiyatni lozim darajada bajarilmasligi hisoblanadi. Shunday vaziyatda qanday yo’l tutiladi. Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va, qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi. Neustoyka to’g’risidagi holatlar avvaldan yozma shaklda kelishib olinishi zarur. Agar kelishilmagan bo’lsa, neustoyka to‘lash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’i nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni to‘lashni talab qilishga haqli.
Lekin pudratchi pudrat shartnomasi bo’yicha faqat majburiyat lozim darajada barilmaganligi uchun buyurtmachiga yetkazilgan zarargina pudratchi tomonidan qoplanishi lozim degan iddaoni qilmoqda. Lekin FKning 260-moddasi majburiyat shartnomada va yoki qonunda shuningdek kelishuv yuzaga kelayotgan paytdagi ko’zlangan maqsadga yetish uchun lozim darajada bajarilmagan bo’lsa neustoyka undirilishi belgilangan. Demak qanday shartnoma bo’lishidan qat’iy nazar majburiyatni shartnoma bo’yicha zimmasiga olgan taraf uni lozim darajada bajarmaganligi uchun neustoyka to’laydi.
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz mumkinki, ushbu vaziyatda pudratchining harakatli qonunga va shartnoma shartlariga ziddir. U o’zining majburiyatlari yuzasidan ishni lozim darajada bajarishi zarur edi. Endigi masala sud buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq o’ziga yetkazilgan zararni va neustoykani undirib berishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  • FUQAROLIK KODEKSI

  • FUQAROLIK KODEKSI SHARXI;

  • MAJBURIYATLARNI BAJARMAGANLIK YOKI LOZIM DARAJADA BAJARMAGANLIK UCHUN MULKIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA OLIY XO’JALIK SUDINING PLENUM QARORI;

  • I.B.ZOKIROV FUQAROLIK HUQUQI DARSLIK, TOSHKENT 2006

  • LEX.UZ

  • NORMA.UZ

  • SUD.UZ

Download 39,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish