Faktga asoslangan savollar:
1-savol: Mustaqil Oʻzbekiston tarixida Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchi kim?
2-savol: Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegaralarida, Amudaryo ustida qurilgan “Doʻstlik” koʻprigi ikki shaharni bogʻlab turadi. Ulardan biri Hayraton. Siz esa ikkinchi shahar nomini yozib bering.
3-savol: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri tashkil etilganida raqs truppasini boshqarish ushbu buyuk oʻzbek raqqosasiga ishonib topshiriladi. Kimga?
4-savol: Dunyodagi eng mitti davlat — Vatikan qaysi shahar hududida joylashgan?
5-savol: Buzruk, rost, navo, dugoh, segoh va iroq. Birgalikda ular qanday nomlanadi?
6-savol: Juzeppe Verdining “Aida” operasi Misrdagi bir gidrotexnik inshoot yaratilishiga bagʻishlab yozilgan. Qaysi inshoot?
7-savol: Oʻzbekistonlik fazogir Vladimir Jonibekov tugʻilgan Boʻstonliq tumanidagi qishloq nomini yozib bering.
9-savol: Ushbu oʻsimlik yaproqlari qadimda gʻoliblar boshiga chambar sifatida taqilgan, hozirda esa undan asosan oshpazlar ovqatga taʼm berish uchun foydalanishadi. Bu qaysi oʻsimlik?
12-savol: Tinchlik ramzi sifatida tasvirlangan oq kabutar surati qaysi mashhur rassom qalamiga mansub?
13-savol: Ushbu soʻz kompyuterning doimiy xotira qurilmasi, ingliz familiyasi va oʻqotar qurol maʼnosini anglatishi mumkin. Qaysi soʻz?
15-savol: Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora nomi nima?
17-savol: FIAT avtokompaniyasiga qaysi davlatda asos solingan?
18-savol: Murakkabguldoshlar oilasiga mansub, asosiy moyli ekinlardan biri boʻlgan ushbu 1 yillik oʻsimlikning vatani Shimoliy Amerikadir. Bu qaysi oʻsimlik?
22-savol: Afsonalarga koʻra, yonib kulga aylangach, oʻsha kuldan qayta tiriladigan qush nomi nima?
23-savol: “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asarining muallifi boʻlgan sharqshunos yozuvchi kim?
27-savol: Yaponlarning qogʻozlardan turli shakllar yasash sanʼati qanday ataladi?
28-savol: Sharofiddin Ali Yazdiy qaysi meʼmoriy yodgorlikka nisbatan “Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi” deb taʼrif bergan?
1-savol: Nozim Hikmat yozadi: Men yonmasam lovullab, sen yonmasang lovullab, boshqa yonmasa lovullab, u qanday yorishsin? Savol: u deganda nima nazarda tutilmoqda?
3-savol: Ikki kishi besh partiyadan shashka oʻynab, har ikkalasi ham beshala partiyani yutqazgan. Savol: bu qanday boʻlishi mumkin, izohlab bering.
6-savol: Afrika qirgʻoqlarida ov qilib yuruvchi baliqchilar qarmogʻiga laqqa baliqning bir turi tushib qolsa, shoʻri quriydi. Chunki u baliqni qarmoqdan olish paytida katta xavf tugʻiladi. Savol: bu baliqning xavfliligi nimada?
7-savol: BMT bayonotida odamlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurishlarida eng keng tarqalgan usul aynan U ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Savol: ushbu eng ommaviy usulni toping.
8-savol: Biz soʻramoqchi boʻlgan tarixiy shaxsning asli kasbi matoga ohor bosuvchi boʻlgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha uning bir koʻzi koʻr, boshi kal, basharasi xunuk boʻlganligidan yuziga koʻk parda taqib yurgan. 8-asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda mashhur boʻlgan bu badbashara insonning laqabini yozib bering.
9-savol: Ibn Sino “Tibbiy oʻgitlar” kitobida toʻrt faslga xislat berib, bu fasl haqida shunday deydi: “Ul faslda sogʻlom kishilardan kamdan kami kasalga chalinadi. Uning boshqalaridan farqi shunda koʻrinadiki, bu faslda insonlar harakatida shitob va joʻshqinlik seziladi”.
Savol: Ibn Sino qaysi faslga bunday taʼrif bergan?
10-savol: Shveysariyaning ayrim hududlarida davlat tomonidan tugʻilgan har bir bolaga 100 frankdan pul toʻlanar ekan. Davlat tomonidan beriladigan bu pulni ular bir mashhur lotincha soʻz bilan atashadi. Savol: oʻsha so‘zni yozib bering.
JAVOBLAR:
Faktga asoslangan savollar javoblari:
1. Muhammadqodir Abdullayev
2. Termiz
3. Tamaraxonum
4. Rim
5. Shoshmaqom
6. Suvaysh kanali
7. Iskandar qishlogʻi
8. Kamoliddin Behzod
9. Lavr (dafna) barglari
10. Uilyam Shekspir
11. Minorai Kalon
12. Pablo Pikasso
13. Vinchester
14. Abdulla Qodiriy
15. Yupiter
16. Dassler
17. Italiya
18. Kungaboqar
19. Venesuela
20. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
21. Golfstrim
22. Qaqnus (Feniks)
23. Herman Vamberi
24. Nestle
25. Hamza Umarov
26. Esperanto
27. Origami
28. Bibixonim jome masjidi
29. Tour de France
30. 1994-yil
Mantiqiy savollar javoblari:
2. Sinfdan sinfga oʻtishdagi imtihon
4. Qibla yoʻnalishini notoʻgʻri olib qoʻyishgan
5. Torpeda otish tizimi orqali bajarishgan
6. Baliq o‘zidan elektr toki chiqaradi
7. Yayov, piyoda
8. Muqanna
9. Qish
10. Pensiya (lotincha “to‘lov” degan ma’noni bildiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |