123
1950-yilda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tarkibida Jinoyat-
chilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat
bildirish bo yicha ekspertlar Qo mitasi ta sis etildi. 1971-yilda
u jinoyatchilikning oldini olish va
unga qarshi kurashish Qo mi-
tasi, 1993-yilda esa, Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ad-
liyasi bo yicha Komissiya deb qayta nomlandi. Mazkur nufuzli
tashkilot jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurash olib bo-
rish va huquqbuzarlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida
bo lishga qaratilgan tavsiya va takliflarni taqdim etadi. Ushbu
Komissiya tarkibiga BMTga a zo bo lgan 54
ta davlat vakillari
kiritilgan va ular 3 yil muddatga saylanadi. BMT Assambleyasi
tomonidan makur organ zimmasiga har 5 yilda bir marta Jino-
yatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosa-
bat bo yicha BMT kongresslarini tayyyorlash vaifasi yuklatilgan.
Komissiya o z faoliyatida:
- BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar
bilan muomalada bo lish kongresslarini
tayyorlash;
- BMTning Jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha olib
boradigan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash;
- davlatlarning suveren tengligi va ichki ishlariga aralash-
maslik prinsiplari asosida, BMTning vakolatli organlariga Jino-
yatchilikning oldini olish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo yicha
dasturlarni tayyorlash va tasdiqlash
uchun taqdim etish;
- jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo yicha shug ul-
lanayotgan BMT organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun
EKOSOSga yordam ko rsatish, shuningdek,
BMTning Bosh koti-
biga va boshqa organlariga ma ruzalar, tavsiyalar va qarorlar
tayyorlash va taqdim etish;
- BMTga a zo davlatlarning Jinoyatchilikning oldini olish
va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish sohasida yig ilgan
tajribalarini almashishga ko maklashish;
- jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkor-
lik
asosini tashkil etuvchi, jumladan, jinoyatchilikning oldini olish
va jinoyatchilikni qisqartirish bo yicha murakkab va muhim ma-
salalarni
muhokama qilish;
124
- jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko rib chi-
qishda odil sudlovlarni amalga oshirishning asosiy prinsiplarini
ishlab chiqish.
Ushbu komissiya BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil
51-sessiyasida Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to risida gi
Deklaratsiyani qabul qildi.
Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha
Qo mitaning muhim xizmati shundaki, u tomonidan BMTning
jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga nisbatan
munosabati bo yicha o n ikkita Kongressi (1955 2010-yillar) o t-
kazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: