BMT Xavfsizlik kengashi
muayyan bir davlatga nisba-
tan jinoyat sodir qilinganligi, tinchlik va xavfsizlikka qarshi qi-
lingan tajovuz (masalan, agressiya) munosabati bilan o sha dav-
latning arizasiga binoan bunday muammoni hal qilishi mumkin.
Shuningdek, eng xavfli terrorchilik harakatlari sodir etilganligi
masalalarini muhokama etadi.
BMTning Kotibiyati qoshida jinoyatchilikning oldini olish,
BMT Bosh Kotibi va Kotibiyatga o z tavsiyalarini beruvchi
maxsus bo linma mavjud bo lib, u BMTning jinoyatchilikning
oldini olish va jinoyat odil sudlovi sektori deyiladi. Xalqaro
huquq Komissiyasi Insoniyat xavfsizligi va tinchligiga qarshi
jinoyatlar to risidagi Kodeksi loyihasi va Xalqaro jinoyat sudi
Statutini tayyorladi. Ular eng xavfli xalqaro jinoyatlarga qarshi
kurashda muhim rol o ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |