Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Hokimiyat nima? 
2. Davlat hokimiyati nima? 
3. Davlat hokimiyatining manbai kim? 
4. Davlat hokimiyatini kimlar amalga oshiradi? 
5. Hokimiyatni amalga oshirishda nimalar ta'qiqlanadi? 
6. Hokimiyat bo„linishi prinsipi nima? 
7. O„zbekiston xalqi kim. Ular davlat va jamiyat hayotida qanday ishtirok 
etadi? 
8. Xalqning nomidan kim ish olib boradi? 
9. Referendum nima, u qanday tashkil qilinadi? 
10. Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi nima uchun kerak? 
11. Davlat tayanadigan demokratik prinsiplar qanday? 
12. Demokratiya shakllari qanday? 


111 
VI bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 
 
§ 1. Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda ularning tan olishva 
bajarilishi shartligi 
 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda nimaga nisbatan ustunlik va 
nima uchun ustunlik bo„lishini aniqlash lozim. 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi boshqa qabul qilinadigan barcha 
hujjatlarga nisbatan (qonun osti hujjatlariga) qaraladi. Bundan tashqari 
Konstitutsiyani qonunga nisbatan ham ustunligi mavjud. 
Konstitutsiyani qonunga nisbatan ustunligi deyilganda boshqa birorta qonun, 
ularning normalari konstitutsiyaga zid bo„lmasligini, Qonunning ustunligi deganda 
boshqa birorta qonun osti hujjatlarini qonunga zid kelmasligi tushuniladi. Qabul 
qilinadigan har qanday boshqa hujjatlar Konstitutsiya, qonun normalarini 
o„zgartirishni emas, ularni amal qilishini ta'minlashi zarur. Konstitutsiya va 
qonunning ustunligi ularning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi. 
Konstitutsiya eng oliy kuchga ega alohida tartibda qabul qilinadigan 
davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (referendum orqali) yoki oliy 
vakillik organi Oliy Majlis (Parlament) tomonidan qabul qilindi
1
. Konstitutsiya 
O„zbekiston hududida birdek kuchga ega. O„zbekistonda qabul qilingan qonunlar 
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro qilish uchun 
qabul qilinadi. 
O„zbekiston qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solish uchun qabul qilinadi. 
O„zbekistonda “Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida” maxsus qonun 
bo„lib, u normativ-huquqiy hujjatlarning turlarini, ularni kim tomonidan qabul 
qilinishi, bir-biri bilan munosabatlarini belgilab qo„ygan
2
.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi yana bu masala Konstitutsiyada 
maxsus belgilanganligida ham ko„riladi. Konstitutsiyaning III bobi “Konstitutsiya 
1
Конституция қабул қилиш тартиби дарсликнинг 1-бобида берилган.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси фаолиятининг тартибга солувчи қонун ҳужжатлари. –Т.: 
2007. 96-102-бетлар.


112 
va qonunning ustunligi” deb nomlanib, bu konstitutsiyaviy tuzumning asoslari, 
asosiy prinsipi sifatida belgilanganligini ko„rsatadi. 
Konstitutsiyani ustunligi – bu konstitutsiya prinsiplaridan biridir. 
Konstitutsiya va qonunlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ularning 
barcha qoidalarini bajarilishi, bu qoidalarning bajarilishi shartligi davlatga, davlat 
organlariga, fuqarolarga, jamoat birlashmalariga, barcha nodavlat tashkilotlariga 
taalluqlidir. 
Konstitutsiya va qonunning asosiy xususiyati ham ularning qoidalarini 
bajarilishini shartligidir. Buning uchun jamiyatning barcha a'zolari, tuzilmalari 
Konstitutsiya va qonunlarni so„zsiz tan olishi kerak. Konstitutsiya va qonunlarni 
tan olish uchun ularni bilish zarur. Konstitutsiya va qonunlar jamiyat a'zolariga 
turli shakldagi bilimlar berish, tashviqot-targ„ibot olib borish natijasida yetkaziladi. 
Bunda ta'lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining roli katta. 
Qonunlarni tan olish bu ularni so„zsiz bajarish demakdir. Qonunlarni 
bajarish majburiy, lekin u ongli, ixtiyoriy bajarilganda samarasi ko„proq bo„ladi. 
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi va so„zsiz tan olinishi 
Konstitutsiyaning o„zida Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab qo„yilgan bo„lib, 
bu mazkur qoidani ahamiyatini yanada oshiradi (15-modda). 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda, ularning norma va qoidalarini 
boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan yuqori turishi tushuniladi. Boshqa barcha 
huquqiy hujjatlar farmon, qaror, farmoyish, buyruq, yo„riqnoma, nizomlar ularga 
mos bo„lishi shart. 
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, boshqa qonun osti hujjatlari bilan 
Konstitutsiya hamda qonun normalari orasida ziddiyatlar. kelishmovchiliklar kelib 
chiqqanda, Konstitutsiya va qonunlarni amal qilish bilan ta'minlanadi. 
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashda 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish