§ 2. Barchani Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko„rishi
zarurligi
Bu qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Qonuniylik prinsipi davlat faoliyati
prinsipi bo„lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiluvchi shartdir.
Qonuniylik prinsipi orqali davlat o„z faoliyatini yuritib, ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Qonuniylik prinsipi – bu barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar,
xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning qonun
va boshqa qonuniy hujjatlarga og„ishmay amal qilishdir. Bu yerdan qonunlarga
amal qilish barchani vazifasi ekanligi tushuniladi.
“Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va
erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas'uliyat ustuvor bo„lmasa,
qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib
bo„lmaydi”
1
. deb qonuniylikni ahamiyatini O„zbekiston Prezidenti aniq ko„rsatib
bergan.
Konstitutsiyaning 16-moddasidagi “Mazkur Konstitutsiyaning birorta
qoidasi O„zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan
tarzda talqin etilishi mumkin emas” – degan qoida ham qonuniylik prinsipini
ta'minlovchi vositadir.
Davlat qonun yaratar ekan, avvalo shu qonunlarga davlatning o„zi rioya
qilish zarur.
Davlat hokimiyatining amalga oshiruvi qonunchilik (vakillik hokimiyati),
ijro, sud hokimiyati, o„z faoliyatini tashkil etishi, vakolati, bir biri bilan
munosabatida faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o„zlari bajaradi
yoki ularni bajarilishi choralarini ko„radi.
Qonuniylik prinsipi, osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak
turmush tarzi ozuqasidir. Qonuniylik prinsipi amal qilganda xavfsizlik,
fuqarolarning huquq erkinliklari ta'minlanadi. Har bir fuqaro o„z o„rniga ega
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 1992. 17-бет.
115
bo„ladi.
Jamiyat va fuqarolar farovonligini muhim shartlaridan biri bozor
munosabatlari bo„lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik prinsipi amal qiladi.
Davlatning iqtisodiy sohaga aralashuvini cheklovchi, tadbirkorlikni qo„llab-
quvvatlovchi, mulk shakllarini tengligini ta'minlovchi, iste'molchilar huquqlarini
himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish qonuniylik prinsipini ajralmas qismidir.
Oila munosabatlarini Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi, shu
qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik prinsipi doirasini juda ham kengligini
ko„rsatadi.
Qonuniylik prinsipiga amal qilish, qonunlar obro„sini kuchaytiradi.
Shuning uchun jamiyat a'zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash o„ta muhimdir. Bunda ham eng ta'sirli, samarali chora shaxsiy
o„rnakdir.
Barcha mansabdorlar, xizmatchilarning mansab darajasidan, jamiyat va
davlat oldidagi xizmatlaridan qat'iy nazar, qonunlarga rioya qilishi, oddiy fuqarolar
uchun katta o„rnak va saboq bo„ladi.
O„zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan, chetlab
o„tadigan rahbarlarni, boshqalarni qonunga rioya etishi haqidagi da'vati,
ko„rsatmasi hyech qanday natija bermaydi.
Qonuniylikka erishishining ko„plab vositalari qatorida, har qanday qonun
buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko„rish muhim o„rin tutadi.
Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko„rinishiga murosasizlik
kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga karshi ko„rilayotgan choralarini
ommaviylashtirish, qonuniylikni ta'minlashda muhim rol o„ynashi mumkin.
Bu eng avvalo qonuniylik prinsipini amaliy ifodasidir. Qonunlar turli
qoidalarni o„rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-irodasini hujjatda aks etishidir.
Ana shuning uchun ham ularga amal qilish, qonunlarga muvofiq ish olib borish
zarurdir.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta shu
mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansabdor shaxslar va
116
xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha nodavlat tashkilotlari
qonunlarga muvofiq ish ko„rganini guvohi bo„lamiz.
Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik garovi ekanligi tajribada
isbotlangan. Shuning uchun O„zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida
“Davlat uning organlari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish
ko„radilar degan qoida o„z o„rnini topgan. Bu qoidani qonuniylik prinsipining
asosiy sharti deyish ham mumkin.
Jahon davlatchilik tajribasiga o„zining ma'lum hissasini qo„shgan milliy
davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va belgilangan tartib-qoidalarga
amal qilish muhim masala hisoblanganligi ma'lum.
Sohibqiron Amir Temur davlatining rivojlanishi tartib-qoidalarga amal
qilish natijasida bo„lganligi, keyinchalik u barpo etgan saltanatni tarqab ketish va
nihoyat mustamlaka asoratlariga tushib qolishimizda qonun-qoidalarga rioya qilish
susayganligi ma'lum sabablardan bo„lgan.
Qonunlarga muvofiq ish ko„rmaslik, oqibat natijada har qanday davlat
organlari faoliyatini buzilishiga olib kelib, bu esa davlat organlariga nisbatan
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Qonunlarga rioya qilmaslik ma'lum vaqt yoki muddat kimgadir manfaat
keltirishi mumkin. Lekin keyinchalik esa bu katta zararlar keltirishi fuqaro, xalq
manfaatiga katta ziyon yetkazishi mumkin.
Qonunga rioya etish barcha organlar uchun zarur, ayniqsa bu huquq-tartibot
organlari, qonuniylikni ta'minlovchi organlar faoliyatida o„ta zarurdir. Bu
organlarda qonunlarga rioya qilmaslik natijasida ko„pchilik zarur ko„radi.
Qonunlarda inson hayoti, sog„ligi, boyligi, xavfsizligi haqidagi qoidalar
belgilangani uchun, ularga rioya kilmaslik inson hayoti, sog„ligi, xavfsizligi,
boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faqat bir rasmiy
hujjatni bajarmaslikning o„zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari, sha'ni,
qadr-qimmati, xavfsizligi, boyligiga taalluqli bo„lganligi uchun, ularga amal
qilmaslik, yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir.
Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga amal qilish
117
asosiy maqsad bo„lib qolishi zarur. Shuning uchun ham Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etish zarur. Bu Konstitutsiyaviy burch ham hisoblanadi. Rioya
etish ixtiyoriy amalga oshirilmaganida, majburlov choralari orqali ta'minlanadi.
Qonuniylikda yana bir muhim masala, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni
Konstitutsiyaga zid kelishi mumkin emasligi bo„lib bu qoida Konstitutsiyaning 16-
moddasida o„z o„rnini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |