Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 5. Siyosiy institutlar mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi 
Bizning xalqimiz rasmiy jihatdan sotsialistik Respublika deb hisoblangan 
davlatda yashagan. U davlatda qonun hukmronligi emas, mafkura hukmronligi 
o„rnatilgan edi. Mafkura ham yagona kommunistik mafkura bo„lib, u mutlaqo 
o„zbek xalqi ma'naviyatiga, turmush tarziga, qadriyatlariga zid edi. Shu 
saboqlardan to„g„ri xulosa chiqarib, mustaqil davlatchiligimizni shakllantirishda, 
uning huquqiy asosi bo„lmish Konstitutsiya qabul qilinganda mafkura 
hukmronligiga, ya'ni yakka mafkurani jamiyatda amal qilishiga barham berildi. 
Natijada Konstitutsiyada “O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot, 
siyosiy institutlar. mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 


104 
Hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o„rnatilishi mumkin emas” – 
degan qoida o„rnatildi (12-modda). Bu ijtimoiy hayotdagi munosabatlarda, 
Konstitutsiyaviy tuzumda mutlako yangi va rivojlanishni, taraqqiyotni ta'minlovchi 
muhim omil edi. 
Siyosiy institutlar xilma-xilligini amaliy ifodasi sifatida, jamiyatda ko„p 
partiyaviylik vujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar tizimi shakllandi va ular ijtimoiy 
hayotda o„z o„rniga ega bldi. 
Davlat siyosiy institutlar uchun normal siyosiy makon yaratib berishi, ular 
esa ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalashi va himoya qilishga qodir 
bo„lishi zarur. “Siyosiy partiyalar mavjud bo„lishining asosiy va birdan-bir prinsipi 
davlatning konstitutsiyaviy me'yorlarini hurmat qilish va ularga rioya etishdan 
iborat bo„lmog„i lozim”
1
– degan Prezident so„zlari siyosiy partiyalarning 
Konstitutsiyaviy tuzumdagi o„rniga berilgan to„g„ri bahodir. 
O„zbekiston Konstitutsiyasida mafkuraga munosabat ham huquqiy davlat 
nazariyasidan kelib chiqib hal qilingan. 
Mafkura jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, 
falsafiy, ilmiy qoidalar, fikrlar va g„oyalar majmuidir
2
–deb e'tirof etsak albatta u 
turli tuman bo„lishi kerak degan xulosa paydo bo„ladi. Barchaga yagona mafkurani 
singdirish, ularni qarashlariga zid holat bo„ladi. Shuning uchun O„zbekistonda 
mafkura va fikrlar xilma-xilligi Konstitutsiyaviy darajada o„rnatildi. Bu yagona 
mafkurani hukmron bo„lishiga yo„l qo„ymaydi. Biron mafkurani davlat mafkurasi 
sifatida o„rnatilishi esa totalitarizmga olib keladi. 
Ijtimoiy hayot mafkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilanishi esa, 
mafkuraning ajralmas qismi bo„lmish fikrlarining xilma-xilligini ta'minlaydi. 
Jamiyat rivojini ta'minlovchi asosiy vositalardan biri fikrlar xilma-xilligi, 
bahs munozaralardir. 
Siyosiy institutlarning xilma-xilligi fikrlar xilma-xilligini ta'minlovchi 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликкэ таҳдид
:
барқарорлик шартлари ва тараққиѐт 
кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 175-бет.
2
Қаранг: Миллий истиқлол ғояси. Дарслик. –Т.: Академия, 2005, 35 бет.


105 
vositalardandir. 
Siyosiy masalalarni, iqtisodiy masalalarni to„g„ri hal qilishda turli fikrlar 
bo„lishi albatta zarur. Fikrlar xilma-xilligi hamma sohada foydalidir. Ayniqsa turli 
fikrlilik parlament faoliyatida muhim rol o„ynaydi, uning natijasida mukammal 
qarorlar qabul qilinadi, xato, kamchiliklarga yo„l qo„yilmaydi. 
Fikrlar xilma-xilligi amal qilmagan jamiyat, davlat inqirozga mahkum 
bo„ladi. Bu sobiq ittifoq misolida o„z isbotini topgan. Qaysi mamlakatda erkin 
fikrlash bo„lsa, xilma-xil qarashlar bo„lsa shu mamlakatlarning rivojlanayotganligi 
ko„rinmokda. Shuning uchun O„zbekistonda barcha jabhalarda, hokimiyat 
miqyosida, siyosiy faoliyatda fikrlar xilma-xilligi bo„lishiga ahamiyat berilmokda. 
Buning natijasida fuqarolar ham jamiyatda o„z o„rniga ega ekanligini his qiladi. 
Ularning fikri, so„zi inobatga olinishiga ishonch hosil qiladi, erkin shaxs sifatida 
namoyon bo„ladi. 
O„zbekistonda siyosiy institutlar va fikrlar xilma-xilligi, Konstitutsiyada 
hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o„rnatilishi mumkin emas degan 
Konstitutsiyaviy qoida asosida kafolatlanadi. Biror bir mafkura davlat mafkurasi 
sifatida o„rnatilsa, unda fikrlar xilma-xilligi to„g„risida gap bo„lishi mumkin emas. 
Chunki bunga hukmron mafkura aslo yo„l qo„ymaydi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish