Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

birinchidan,
davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko„zlashi kerak, 
ikkinchidan,
davlat hokimiyati Konstitutsiya va maxsus qonunlar vakolat bergan 
organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiya davlat hokimiyatining uch 
turdagi hokimiyat tarmoqlari: qonunchilik, ijro, sud organlari tomonidan amalga 
oshirilishini belgilagan. Asosiy qonunda davlat boshlig„i – Prezident, Qonunchilik 
hokimiyatini amalga oshiruvchi Oliy Majlis va uning palatalari vakolatlari belgilab 
qo„yilgan. Konstitutsiyadan tashqari yana bir necha qonunlar mavjud bo„lib, ularda 
davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar vakolatlari belgilangan, jumladan, 
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to„g„risida”, 


95 
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to„g„risida”, “Sudlar 
to„g„risida”, “O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to„g„risida”, 
“O„zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati to„g„risida”ti qonunlarda.
Bu Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunlarda tegishli hokimiyat 
organlarining vakolatlari ularni amalga oshirish usul va vositalari, hokimiyatni 
amalga oshirish jarayonida bir-biri bilan munosabati, xalq oldidagi mas'uliyati 
belgilab qo„yilgan. 
Yuqoridagilarga e'tibor bersak, eng oddiy xulosa shundan iborat bo„ladiki, 
davlat hokimiyati xalq manfaatiga zid harakat qilmasligi va hokimiyatni qonun 
vakolat bermagan hyech qanday organ amalga oshirmasligi kerak.
Konstitutsiya qabul qilish vaqtida Prezident tomonidan aytilgan 
“O„zbekistonda davlat hokimiyatini birdan-bir manbai xalq bo„lib, davlat xalqning 
irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi”
1
–degan so„zlar o„z o„rnini 
Konstitutsiyada ham topdi va amalda ham topmoqda. 
Davlat hokimiyati faqat qonun vakolat bergan organlar tomonidan amalga 
oshirilishi, demokratik huquqiy davlat shartlaridan biridir. Davlat hokimiyati 
jamiyat hayotiga kuchli ta'sir qiluvchi vosita ekan, u ham turli ta'sirlardan o„zini 
himoya qilishi kerak. 
Bu eng avvalo boshqa qonunda belgilanmagan organlar va tartibda davlat 
hokimiyatini amalga oshirishga yo„l qo„ymasligi bilan ta'minlanadi. 
Konstitutsiyamizning 7-moddasida “Konstitutsiyada nazarda tutilmagan 
tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o„zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini 
to„xtatib qo„yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish 
Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos 
bo„ladi” deb bu masala huquqiy tomondan hal qilingan. Bu yerda bir necha harakat 
qonunsiz hisoblanib, taqiqlangan. Bular: 
birinchidan, 
davlat hokimiyati 
vakolatlarini o„zlashtirish. Bu degani bir hokimiyat organini boshqa hokimiyat 
organi vakolatini egallab olishi yoki boshqa tuzilmalar, jamoat birlashmalari 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 38-бет.


96 
tomonidan hokimiyat organlarining vakolatlarini egallab olishi nazarda tutilgan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish