Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari 
 
Bu prinsiplar sudlarni tashkil etish (saylash, tayinlash) va sud faoliyat 
yuritishida qo„llaniladigan, amal qiladigan asosiy g„oyalaridir. Ularni ikki guruhga 
bo„lish mumkin. Birinchisi konstitutsiyaviy ya'ni, Konstitutsiyada ko„rsatilgan 
prinsiplar, 
ikkinchisi 
boshqa 
qonunlarda 
belgilangan, 
mustahkamlangan 
prinsiplardir. 
Konstitutsiyaviy (asosiy) prinsiplar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
Mustaqillik va faqat qonunga bo„ysunish prinsipi. 
2.
Demokratizm prinsipi. 
3.
Favqulodda sudlar tuzishga yo„l qo„yilmasligi. 
4.
Sudyalarni deputat bo„la olmasligi, siyosiy partiyalar va xarakatlarni 


508 
a'zosi bo„la olmasligi hamda boshqa xaq to„lanadigan lavozimlarni egallay 
olmasligi. 
5.
Sudyalarning daxlsizligi. 
6.
Sud ishlarini oshkora ko„rilishi. 
7.
Sud hujjatlarini hamma uchun majburiyligi. 
8.
Sud ishlari yuritishni aholi tiliga mos olib borish. 
9.
Ayblanuvchini himoya bilan ta'minlanish huquqi. 
1. Sudni mustaqilligi,
faqat qonunga asosan ish ko„rishi, to„laligicha 
sudyalarga ham taalluqlidir. Sudni mustaqilligi deganda sudyani mustaqilligi yoki 
aksincha tushuniladi. 
Sudni mustaqilligini ta'minlovchi eng asosiy va boshlang„ich qoida, – 
Konstitutsiyaning 106-moddasida belgilangan, unga asosan, “O„zbekiston 
Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlardan
siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”. 
Bu mustaqillikni belgilovchi asos qoida va prinsipidir. Olib berilgan sud islohotlari 
natijasida sudni ijro hokimiyatiga bog„liqligiga butunlay barham berildi. Buni 
Prezident o„z ma'ruzalarida qayd qilinganligini sud hokimiyati islohotiga tegishli 
bandda alohida aytib o„tgan edik. Prezidentni ijro hokimiyatiga boshchilik qilish 
maqomi bekor bo„lgach, sud hokimiyatini ijro hokimiyatiga bog„liqligi butunlay 
barham topdi. 
Sud hokimiyatining ta'sirchan bo„lishi eng avvalo sudning, sudyaning 
mustaqilligiga bog„liq. 
Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan holi 
hisoblanadi. Ular hyech bir organga yoki mansabdor shaxsga bo„ysunmaydi. 
Sudyalar faqat qonunga bo„ysunadi. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida 
sudlarning ishiga biron bir tarzda aralashishga yo„l qo„yilmaydi. Agar shunday 
holatlar bo„ladigan bo„lsa, u holda aybdorlar javobgarlikka tortiladi. 
O„zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 236-moddasida sud 
ishlarini hal etishiga aralashish, yani ishni har tomonlama, to„la va xolisona 
o„rganishga to„sqinlik qilish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof 


509 
ravishda ta'sir o„tkazish uchun uch yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoki uch 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, shunday harakat mansabdor shaxs 
tomonidan sodir etilsa, olti oygacha qamoq, yoki muayyan huquqdan mahrum etib 
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishini belgilab 
qo„yilgan. 
Sudyalarni mustaqilligini ta'minlashga sud faoliyatining boshqa prinsiplari, 
jumladan dahlsizlik prinsipi ham ta'sir qiladi. 
Sudyalarning mustaqilligi, Konstitutsiyaning 108-moddasida, hamda 112-
moddalarida belgilangan qoidalar orqali ta'minlanadi. 112-moddaga ko„ra, 
sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo„ysunadilar, sudyalarni odil sudlovni 
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l 
qo„yilmaydi, bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo„ladi. 
Shunday hol ro„y bersa qanday javobgarlik bo„lishini avvalroq ko„rdik. 
Sudni mustaqilligi shundayki, quyi sudlar yuqori sudlarga bo„ysunmaydi. 
Faqat yuqori sudlar quyi sudlarni qonun doirasida qaror, hukm chiqarishini nazorat 
qiladi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish