Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 3. Sudlarni tashkil qilish tartibi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 3. Sudlarni tashkil qilish tartibi 
 
Boshqa hokimiyat organlari kabi, sud hokimiyati organlarini tizimini tashlik 
etish, vakolatlarini belgilash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga 
kiradi. (Konstitutsiyaning 78-moddasi, 5-bandi) 
Bu bandda sudlarni tashkil etish tartibi deganda sud organlariga sudyalarni 
saylash yoki tayinlash masalasi ko„rinadi. 
Sud hokimiyat tarmog„i bo„lib, ma'lum sud organlaridan iborat bo„lsa, sud 
organlari asosan sudyalardan iborat bo„ladi. 
Sud hokimiyati tizimiga kiruvchi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning 


504 
quyi pog„onadagi organlari, Oliy xo„jalik sudi va uning quyi pog„onadagi sudlari 
turli yo„llar: saylash va tayinlash yo„li bilan vujudga keladi. 
Konstitutsiyada sud hokimiyatining tizimida birinchi bo„lib Konstitutsiyaviy 
sud ko„rsatilgan. Shuning uchun avval shu sudning a'zolarini (sudyalarini) 
lavozimga saylanishini ko„ramiz. 
Qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud – Konstitutsiyaviy sud Raisi, Rais 
o„rinbosari va Qoraqalpog„iston Respublikasidan saylangan sudyani qo„shgan 
holda sudning yana besh a'zosidan iborat tarkibda tashkil topadi. 
Konstitutsiyamizning 80-moddasi 2-bandiga binoan, Konstitutsiyaviy sud, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oliy Majlis Senati 
tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaning 93-moddasi, 13-bandida sud raisi, 
sudyalarni Senatga O„zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etish huquqi 
belgilangan. (Oliy sud raisi, sudyalari, Oliy xo„jalik sudi raisi, sudyalari ham 
Prezident tomonidan taqdim qilinishi Konstitutsiyaning shu moddasida belgilab 
qo„yilgan.) 
Konstitutsiyaga asosan, Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi 
mutaxassislar orasidan sud raisi, rais o„rinbosari, sudyalardan iborat tarkibda 
saylanadi. Sudyalarning bittasi albatta Qoraqalpog„iston Respublikasi vakili 
bo„lishi shart. Bu Konstitutsiyaviy sud raisi o„rinbosari va sudyalarga qo„yiladigan 
Konstitutsiyaviy talab hisoblanadi. Qonunda Konstitutsiyaviy sud sudyalari oldiga 
yana shaxsning yuksak ma'naviy fazilat va zarur malaka egasi bo„lishi talabi 
qo„yiladi. 
Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud 
sudyalari deputat bo„la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi 
bo„lishi va boshqa haq to„lanadigan lavozimni egallashi mumkin emas. 
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod qabul qiladi. 
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda to„xtatiladi: 
-
u jinoiy javobgarlikka tortilganida; 
-
sudyalik lavozimiga to„g„ri kelmaydigan faoliyat bilan shug„ullanganda; 
-
sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo„qolgan deb 


505 
hisoblanganda. 
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis 
Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi: 
-
sudyalik qasamyodini buzganda; 
-
iste'foga chiqish to„g„risida iltimos qilganda; 
-
unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov hukmi bo„lsa; 
-
sudya ogohlantirilgandan yoki uni vakolatlari to„xtatilganidan keyin ham 
o„z vazifasiga to„g„ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirsa; 
-
uzoq davom etadigan kasallikka uchrasa; 
-
fuqarolikni yo„qotsa. 
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o„z vakolatlari davrida almashtirilmaydi. 
Konstitutsiyaviy sudyalar dahlsizlik huquqidan foydalanadi, ya'ni ular Senatning 
roziligisiz, uning majlislari o„rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy 
javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan ma'muriy jazoga 
tortilishi mumkin emas. 
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat Bosh prokuror tomonidan qo„zg„atiladi. 
Sudyaning majburiy keltirish, ushlab turish, shahsiy ashyolari, yuki, transporti, 
turar joyi yoki xizmat binosini ko„zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emas. 
Umumiy yurisdiksiyali sudlari va xo„jalik sudlari raislari, o„rinbosarlari, 
sudyalarning saylash (tayinlash) tartibi ularga qo„yiladigan talablar deyarli 
o„xshash. Shuning uchun bu yerda ularni alohida ajratib ko„rsatishga hojat yo„q. 
Bu sudlar markaziy (oliy) va xududiy sudlarga bo„lingani uchun ularni 
tashkil bo„lishida farq bor. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo„jalik sudini 
Konstitutsiyaning 80-moddasi, 3,4 bandlariga binoan, Oliy Majlisning Senati 
saylaydi. Oliy sud, Oliy xo„jalik sudi raisi va ularning sudlari nomzodlari 
Konstitutsiyaning 93-moddasi, 13-bandiga binoan, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan taqdim etiladi. 
O„zbekiston Oliy sudi va Oliy xo„jalik sudi: Rais, raisning birinchi 
o„rinbosari va o„rinbosarlari, sudlov hay'atlarining raislari, sudyalardan iborat 


506 
bo„ladi. 
Viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, xarbiy va xo„jalik sudlari (shu 
jumladan, fuqarolik va jinoyat sudlari) O„zbekiston Prezidenti tomonidan 
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi sudyalari, Jo„qorg„i Kenges raisining 
O„zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga asosan, Jo„qorg„i Kenges 
tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi. 
Bu darajadagi sudyalarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Prezident huzurida tuzilgan, sudyalarni 
tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo„yicha Oliy Malaka komissiyasi yordam 
beradi. Shu komissiya tavsiyasi asosida Prezident sudyalarni lavozimga tayinlaydi 
hamda lavozimdan ozod etadi. 
Umumiy yurisdiksiya va xo„jalik sudlari sud'yalari bo„lib saylanuvchilar 
nomzodlar oldiga ham qonun bir necha talablarni qo„yadi. 
Yigirma besh yoshdan kichik bo„lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik 
ixtisos buyicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo„lgan hamda malaka 
imtihonini topshirgan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlararo, tuman 
(shahar) sudi, xo„jalik sudi sudyasi bo„lishi mumkin. 
Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo„yicha kamida besh yillik, 
shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo„lib kamida ikki yillik mehnat stajiga ega 
bo„lgan va malaka imtixonini topshirgan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi 
Korakalpog„iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, 
O„zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo„lishi mumkin. 
Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo„yicha kamida yetti yillik, 
shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo„lib kamida besh yillik mehnat stajiga ega 
bo„lgan va malaka imtixonini topshirgan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi 
O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo„jalik sudi sudyasi bo„lishi mumkin. 
Haqikiy xarbiy xizmatni o„tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi xarbiy 
unvonga ega bulgan va ushbu moddadagi talablarga javob beradigan O„zbekiston 
Respublikasi fuqarosi harbiy sud sudyasi bo„lishi mumkin. 


507 
Harbiy sudlar sudyalariga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni, harbiy ustavlar, harbiy 
xizmatchilar uchun belgilangan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan 
huquqiy va ijtimoiy himoyalash choralari tatbiq qilinadi. 
Bu yerda sudlarni darajasiga qarab turli talablar qo„yilgan, lekin hammasida 
ham oliy yuridik ma'lumotga ega bo„lish talabi bor. 
Sudyalar qasamyod qabul qiladi. Qasamyod yuqori sud organida qabul 
qilinadi.
Sudyalarning mustaqilligi alohida kafolatlanadi. Shu asosda: sudyaga 
nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik; sud ishlariga aralashishga yo„l 
qo„yilmaslik, sud'yalar daxlsizligi; sudyalarning vakolatini to„xtatish va 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishni alohida tartibi belgilanishi; sudyalarni 
intizomiy javobgarligi; sudyalarning moddiy ta'minoti; sudya va uning oila 
a'zolarining ijtimoiy himoyalash choralari “Sudlar to„g„risida” (yangi tahrirdagi) 
Qonunda belgilangan. 
Umumiy yurisdiksiya sudlari va xo„jalik sudlari sudyalari ham boshqa haq 
to„lanadigan ishlarda ishlay olmaydi va siyosiy partiyalarga a'zo bo„lmaydi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish