Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 4. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari va organ
tashkilotlar bilan munosabati 
 
Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga rahbarlikni 


422 
amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat tuzilmalari, davlat 
organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik 
qiladi, tegishli munosabatlar o„rnatadi. 
Vazirlar Mahkamasining barcha tashkilotlar bilan munosabati o„zaro 
hamkorlik qilish, hisob berish, bo„ysundirish, nazorat qilish shaklida bo„lishi 
mumkin. 
Vazirlar Mahkamasining O„zbekiston Prezidenti bilan munosabati alohida 
o„rniga ega. Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qilish huquqiga ega, 
yuqorida aytilganidek uni shakllantirishda asosiy rol o„ynaydi. Prezident va 
Vazirlar Mahkamasi munosabati hisobdorlikka ya'ni, Prezident oldida hisob 
berishga mas'ul ekanligiga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi asosiy masalalarni hal 
qilishda Prezident bilan maslahatlashadi. Prezident Vazirlar Mahkamasining qaror, 
farmoyishlarini, Bosh vazir farmoishlarini bekor qilishi mumkin.
Davlat xayotida Vazirlar Mahkamasini Oliy Majlis bilan munosabati alohida 
ahamiyatga ega. 
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi 
Prezidenti bilan kelishilgan holda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko„rib 
chiqish uchun o„z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi. 
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiton Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini, O„zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetining asosiy ko„rsatgichlarini va unga kiritilgan o„zgartirishlarni ishlab 
chiqadi hamda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko„rib chiqishi uchun taqdim 
etadi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi 
muayyan a'zosining o„zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo„jalik boshqaruvi 
organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotni eshitishlari hamda zarur bo„lganda 
uni iste'foga chiqarish to„g„risida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ko„rib 
chiqish uchun taklif kiritishlari mumkin. 
Vazirlar Mahkamasining a'zolari O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari majlislarida, palatalarning qo„mitalari majlislarida hozir bo„lish va 


423 
axborot berishga xaqli. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari tomonidan Vazirlar 
Mahkamasi yoki uning muayyan a'zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo„yilgan 
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va 
tushuntirishlar berishga xaqli. 
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qo„mitalarining O„zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir 
tavsiyalari va takliflarini ko„rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar 
ko„radi. Tavsiyalar va takliflarni ko„rib chiqish natijasi haqida hamda ko„rilgan 
chora-tadbirlar to„g„risida Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining tegishli qo„mitalariga kelishilgan muddatda ma'lum qiladi. 
Vazirlar Mahkamasi – hukumat tutgan yo„lini va dasturiga yoki uning ayrim 
yo„nalishlariga qo„shilmagan siyosiy partiya fraksiyalari yoki deputatlar guruhi 
hukumatga nisbatan o„zini muholifot deb e'lon qilishi mumkin. 
Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o„zgartirishlar asosida Bosh vazir va 
Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus olsa, bu Bosh vazirga nisbatan 
ishonchsizlik votumi bildirilishiga, u esa Vazirlar Mahkamasining iste'foga 
chiqishiga sabab bo„ladi.
Parlament so„roviga javob berish tartibini mavjudligi ham Oliy Majlis va 
Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko„rsatuvchi bir holatdir. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, 
Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senatidan, Senat a'zosidan O„zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga 
bo„ysunuvchi davlat yoxud xo„jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir 
parlament so„rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O„zbekiston Respublikasi 
Hukumati a'zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tegishli palatalarning majlislarida og„zaki yoki yozma javob berishi 
shart. 
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazirlar 


424 
Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas'ulligi asosiga quriladi. 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hukumati sifatida 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan munosabat o„rnatadi. 
Vazirlar Mahkamasi: 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o„zaro hamkorlik 
qiladi, uning O„zbekiston Respublikasi qonunlari, O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo„jalik va ijtimoiy 
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi 
haqida ma'lumotlarini eshitadi. 
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo„yicha 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko„rib chiqadi. 
Vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar hamda davlat va xo„jalik 
boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o„ta 
muhim kompleks dasturlarini amalga oshirishda Qoraqalpog„iston Respublikasi 
xuquqlariga rioya etilishini ta'minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni 
hal etadi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O„zbekitson 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O„zbekiston Respublikasi qonunlariga
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga 
hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo„lgan qarorlari va 
farmoyishlarining ijro etilishini o„z vakolati doirasida to„xtatib qo„yish xuquqiga 
ega. 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasini 
iqtisodiy, 
ijtimoiy-madaniy 
rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza 
qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi. 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko„rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi Respublikadagi barcha mahalliy ijro organlari bilan 


425 
yaqindan munosabat o„rnatadi. 
Vazirlar Mahkamasi o„z vakolatlari doirasida: 
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta'minlash 
bilan bog„liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi. 
Viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko„rib chiqadi. 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat 
qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat 
organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga xaqli. 
Vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar hamda davlat va xo„jalik boshqaruvi 
boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar xokimlari bilan o„zaro 
hamkorligini ta'minlaydi. Bunda chiqib qoladigan baxsli masalalarni hal etadi. 
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko„rsatkichlari 
tasdiqlaydi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy 
tuzilmasini belgilaydi. 
viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining qonun hujjatlariga zid bo„lgan 
qarorlari va farmoyishlari ijrosini to„xtatib qo„yish hamda ularni bekor qilishga 
xaqli. 
Bu munosabat Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi mahalliy 
organlarni Vazirlar Mahkamasiga bo„ysunishi, uni oldida hisob berishi 
prinsiplariga asoslanadi. 
Vazirlar Mahkamasi o„z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan 
mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o„zaro hamkorlik qiladi, ularga 
zarur yordamlar ko„rsatadi.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish