Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1. Jamiyat hayotida OAV roli nimalardan iborat? 
2. OAV erkinligi qanday ta'minlanadi? 


267 
3. OAV nimaga asosan faoliyat ko„rsatadi? 
4. OAV mas'uliyati qanday? 
5. Jurnalistlar mas'uyati nimalardan iborat? 
6. OAV faoliyatida senzuraga munosabat qanday? 
 
 


268 
BESHINCHI BO„LIM 
 
O„ZBEKISTONNING MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI 
 
XVIII bob. Davlatning ma'muriy hududiy tuzilishi 
 
§ 1. Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi 
Davlat tuzilishi bu davlat hokimiyatini mamalakt hududi bo„yicha tashkil 
qilish, hududlardagi davlat organlarini, markaziy davlat organlarini munosabatini 
belgilashning alohida shaklidir.
Bunday munosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik davlatlarda 
oson o„rnatilsa, hal qilinsa, yirik, ko„pmillatli davlatlarda qiyin hal qilinadi. Davlat 
tuzilish shakli masalalari davlat va huquq nazariyasi fanida chuqur, har tomonlama 
o„rganiladi. 
Davlat va huquq nazariyasiga binoan davlat tuzilishining uch ko„rinishi 
mavjud bo„lib, ular Unitar davlat, Federativ davlat va Konfederativ davlatdir. 
Federativ davlat bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya ma'lum 
mustaqillikka ega sub'ektlarning ittifoqi hisoblanadi. Federatsiya sub'ektlari ba'zi 
mamlakatlarda mustaqil bo„lib, ayrim vakolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy 
o„tkazadi va barcha sub'ektlar bir xil huquqiy maqomga ega bo„ladi. Bunday 
davlatlarda federatsiya hududi, sub'ektlar hududidan iborat bo„ladi, federatsiya 
sub'ektlarining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida qonunchilik, ijro, sud 
hokimiyati organi bo„ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga AQSH, 
Hindiston, Braziliya, Rossiyani ko„rsatish mumkin.
Unitar davlat bu davlat tuzilishining oddiy ko„rinishi, uni tarkibida boshqa 
davlat tuzilishlari yo„q, hududiy birliklari mustaqillikka ega emas. Yagona 
konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham 
markazlashgan shaklda tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlaktlar qatoriga 
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Qozog„iston, Tojikiston, Qirg„iziston, Turkmanistonni 
kiritish mumkin. 
O„zbekiston ham unitar mamlakatlar qatoriga kiradi. Lekin uni tuzilishida 


269 
ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham mavjud. 
Masalan O„zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo„lgan 
Qoraqalpog„iston Respublikasi mavjud. Uning o„zining konstitutsiyasi, qonunlari, 
hududi, fuqaroligi, oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlari mavjud. 
Qoraqalpog„iston va O„zbekiston munosabati federativ munosabatlar asosida 
qurilmagan. Federatsiya bir necha teng huquqli sub'ektlar ittifoqi bo„lsa, bu yerda 
teng huquqli federatsiya sub'ektlari yo„q. O„zbekistonning Konstitutsiyasi, 
qonunlari Qoraqalpog„iston Respublikasi hududida bajarilishi majburiy va 
Qoraqalpog„iston qonunlari O„zbekiston qonunlarini ustunligini to„la tan oladi. 
Lekin Qoraqalpog„istonda davlat tuzilishiga xos bo„lgan uni mavqyeini 
O„zbekistonning boshqa tuzilmalaridan farqini ko„rsatuvchi holatlar mavjud bo„lib, 
bu haqda keyingi boblarda to„xtalamiz. 
Davlat tuzilishining nazariy jihatdan uchunchi shakli konfederatsiya 
hisoblanadi. Bu tushuncha asosan bir necha suveren davlatlarning ittifoqiga 
nisbatan ishlatiladi. Bu ko„pincha, davlat huquqiy munosabatiga nisbatan xalqaro-
huquqiy munosabat xarakterida bo„ladi. Ayrim paytlarda konfeederatsiya 
federatsiyaga o„tishda foydalaniladigan shakl sifatida ham namoyon bo„lishi 
mumkin. Masalan, AQSH Konfederatsiyasi, AQSH federatsiyasiga aylangan. 
Hozirgi kunda Shvetsariya, Kanada konfederatsiya hisoblanadi, aslida esa, ular 
ham alla qachon federatsiyaga aylangan.
Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq ittifoq foydalangan. Unda davlatning 
bu shakli milliy masalalarni hal qilish usuli deb qaralgan.
Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman suveren 
respublika hisoblansada, ular mustaqil hyech narsani hal qila olmagan, xalqaro 
munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR xaddan tashqari markazlashgan ittifoq 
davlati bo„lgan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish